Toshpoʻlat Arslonqulov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

9-Mart 2013, 22:22 dagi koʻrinishi

Arslonqulov Toshpo‘lat (1882 — Toshkent— 1962. 9. 5) — ganchkoru-sta. O‘zbekiston xalq rassomi (1944). O‘ymakorlikni otasidan o‘rgangan. A. choka pardoz usulida naqshlar o‘yishda va bezaklarga handasiy "zanjira" shaklla-rini berishdagi mahorati b-n shuhrat qozongan. 1952 y.dan P. Benkov nomida-gi Respublika rassomlik bilim yurtida daryo bergan. Buxoro va Toshkent o‘ymakor ustalari b-n birga yevropa uslubida ku-rilgan Polovsev uyi (hoz. O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi binosi)ni mil-liy o‘yma naqshlar b-n bezashda ishtirok etdi. A. hoz. A. Hidoyatov nomidagi teatr (1929), O‘zbekiston FA Navoiy muzeyi (1939), Navoiy kutubxonasi binolarini, Navoiy teatri binosini (1946) bezashda qatnashdi. Navoiy teatrining tomosha zali, foye va b.dagi u ishlagan "maj-nuntol", palak usulidagi bezaklar, rang-barang mujassamotlar binoning ichki ko‘rinishiga alohida joziba baxsh etadi. U yaratgan go‘zal naqshlar, sharafalar, har xil bezaklar turli ko‘rgazmalarda namoyish qilindi. Ko‘p asarlari O‘zbekiston davlat san’at muzeyida, shu-ningdek Moskva, Sankt-Peterburg va b. shaharlardagi muzeylarda saqlanmoqda.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil