Asalari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{stub}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Asalari''', bolari (Apis mellifera L.) — arilar oilasining bir turi. A. vatani Jan. Osiyo hisoblanadi. Hoz.davrda jan. kengliklardan Chekka Shimolgacha tarkal-gan. A.lar, asosan, oila bo‘lib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida "podsho-si" deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak A.dan iborat. Ona A. tanasi uz. 20 — 25 mm, vazni 200 — 250 mg , bahordan kuzga kadar tuxum qo‘yish va oilani boshqarish vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yig‘uvchi apparatining yukligi b-n farq qiladi. Ona A.ning jinsiy a’zolari rivojlan-gan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asala-richilar ona Ani har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 ming-tagacha tuxum qo‘yadi. Otalangan tuxum-lardan 21 kunda ishchi A., otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak A. chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi A.lar asalari suti b-n oziqlantirib tursa 16 kunda ona A. chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona A. 7 — 8 kunda jinsiy balog‘atta yetadi. Er-kak A. tanasi uz. 15 — 17 mm, vazni 200 mg , qorin qismi to‘mtoq bo‘lib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yi-guvchi apparati, nayzasi yo‘q, ko‘kragi keng , hartumi qisqa. Bir oilada 80 — 100 tagacha erkak A. bo‘ladi. Asosiy va-zifasi ona A.ni urug‘lantirish (asosan, havoda juftlashadi, urug‘lantirganidan keyin halok bo‘ladi). Ular uyada faqat yozda bo‘ladi, kuzda oilada urchish ish-lari to‘xtashi b-n ularni ishchi A.lar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi A. tana-si uz. 11 — 15 mm, vazni o‘rtacha 100 mg , jinsiy a’zolari rivojlanmagan, urgo-chi asalarilar bo‘lib, yozda 35 — 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 — 80 ming , qishda 10—15 ming ishchi A. bo‘ladi, soatiga 60 km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 — 3 km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul chan-gini yig‘ish, nektarni asalga aylanti-rish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qo‘riqlash kabi ish-larni bajaradi. A qadimdan qimmatbaho mahsulotlar bo‘lgan asal, propolis, mum, ona asalari suti, asalari zahari va b.ni olish, shuningdek q.x. ekinlarini mevali bog‘larni changlatish uchun boqiladi (q. Asalarichilik). A. oilasi bir mavsumda 683140 — 150 kg asal to‘playdi, bundan 100 kg A. ta’minotiga sarflansa, 40 — 50 kg asal ajratib olinadi. A. oila a’zo-larining xizmat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lganidan ularning birortasi ham o‘zicha mustaqil hayot kechira olmaydi.Zotlari: O‘rta Rossiya o‘rmon (qoramtir) A. zoti (A.m. millifera) — eng ko‘p tarqalgan zotlarga kiradi. Arila-ri yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100 kg gacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) tog‘-qo‘ng‘ir A. zoti (A. m. cavcasica) — aso-san, Zakavkaze, O‘rta Osiyoda tarkal-gan. Karpat A. zoti — G‘arbiy Ukrai-naning tog‘li r-nlari va Karpat ortida ko‘p uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, hartumi uzun. Italiya sariq A. zoti (A.m. ligustuca)ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSH, Av-straliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlyandiya, Yaponiya, Xi-toy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964 — 70 y.larda O‘zbekistonga kelti-rib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlar-da yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq A. zoti — Uzoq Sharq (Pri-more, Xabarovsk)da ko‘p tarqalgan. Zot Ukraina, O‘rta Rossiya, Italiya va Kav-kaz A.lari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi o‘rtacha. Kraina kulrang A. zoti (A.m. carnica) — Yugoslaviya, Av-striya tog‘larida keng tarqalgan. Tashqi ko‘rinishdan Kavkaz tog‘-qo‘ng‘ir A.siga o‘xshaydi, mahsuldorligi o‘rtacha.O‘zbekiston chorvachilik i.t. institu-tida A.lar bo‘yicha i.t. ishlari olib bo-riladi.Ibrohim Jo‘rayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Asalari qishda dam olib ko'klamda ochiqlikka chiqadigan foydali hasharot hisoblanadi. Undan asosan qishloq ho'jaligida keng foydalaniladi va natijasi o'laroq juda shirin va foydali bo'lgan asal moddasi olinadi.
== Manbalar ==
{{manbalar}}