Ahamoniylar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

9-Mart 2013, 23:04 dagi koʻrinishi

Axomaniylar davlati - kad. dunyoning eng yirik davlatlaridan biri (mil. av. 558 — 330). A. d. hududi Eronni va Hind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mam-lakatlarini, shuningdek Misr, Liviya va Bolqon ya. o.ning bir qismini bosib olish natijasida tashkil topgan. A. d.ga qad. fors podshohlari xonadoniaxomaniylar vakili Kir II asos solgan. Mil. av. 558 y. Kir II fors qabilalari ittifoqiga rahbar bo‘lib, 553 y. midi-yaliklar hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan. Forslar 550 y. g‘alaba qozonib va Midiyani egallab keyingi uch yil mo-baynida sobiq Midiya davlati tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar, 546 y. esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545 —539 y.lar oralig‘ida Kichik Osiyoning katta qismi, 538 y.da Bobil, 525 y.da Misr, 519—512 y.lar oralig‘ida Egey dengizidagi o.lar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shim.-g‘arbiy qismi bo‘ysundirilgan.A. d. Doro I davrida shakllangan murakkab byurokratik tizim orqali boshqarilgan. Doroning ma’muriy-pul islohotlari bosib olingan mamlakat-lar ustidan boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-ma’muriy satrapiya (okrug)larga bo‘linib, ularning tepasida maxsus amal-dorlar (satraplar) turgan. Ular fors podshosiga ulkan miqdorda soliqlar(pul va natura holda) to‘lashgan. Doro I davrida yagona tanga pul birligi — 8,4 g oltin og‘irligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) mayda ku-mush tanga vazifasini o‘tagan.A. d. etnik tarkibi va ijtimo-iy ukladi bo‘yicha turli-tuman bulgan. Uning tarkibiga Kichik Osiyo, Bobil, Fi-nikiya va Misr kirib, ularning q. x. va hunarmandchiligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Iqtisodiy jihatdan shunday rivojlangan mam-lakatlar katorida forslar saltanati tarkibiga Frakiya va Makedoniya kabi viloyatlar, shuningdek urug‘chilik tuzu-mining yemirilishi boskichida turgan ko‘chmanchi arab va skif qabilalari ham kirgan. Fors ma’muriyati zabt etilgan mamlakatlarda eski mahalliy qonunlar, urf-odatlar, dinlar, pul tizimi, o‘lchov-og‘irlik tizimi, yozuv va tillarni saqlab qolgan. Mahalliy tillar qatorida A. d.ning rasmiy idora tili bo‘lgan oro-miy tili tarkalgan. Eronda kad. fors va oromiy tilidan boshqa ma’muriy ehtiyojlar uchun zlam tilidan ham keng foydalanishgan. Forslar ko‘pgina fi-nikiy va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim mamlakatlarda (mas, Kili-kiya, Sug‘diyona va b.) mahalliy shoxlar va hokimlar sulolasini saqlab qolganlar, ibodatxonalarni soliq va to‘lovlardan 819ozod etganlar. Persepol b-n bir qatorda axomaniylar Bobil, Suza va Ekbatanani poytaxt kilishgan. A. d. madaniyati va san’ati Eron madaniy an’analarini Yunoniston, Ossuriya, Misr va b. mamla-katlar an’analari b-n chog‘ishtirmasidan iborat bo‘lgan. Forslarning o‘zi salta-natda mumtoz mavqega ega edilar. Ular soliqlar va majburiy ishlardan ozod etilganlar.Fors zodagonlari eng muhim harbiy va fuqarolik lavozimlarini egal-lashgan. Fors shohlari, ularning qon-qarindoshlari, satraplar va amaldorlar Eron, Kichik Osiyo, Bobil, Misr va b. mamlakatlarda qullar mehnatiga asos-langan katta xo‘jaliklarga ega bo‘lishgan.A. d. barqaror iqtisodiy asosga ega bo‘lmagani tufayli beqaror harbiy-ma’muriy birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami b-ngina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib tu-rishga asoslangandi. Axomaniylarning harbiy qudrati zaiflashishi b-n ular-ning davlati parchalanib keta boshla-gan. Misr, Bobil, Midiya, Kichik Osiyo va b. mamlakatlarda ko‘plab qo‘zg‘olonlar ko‘tarilgan (mas, 522 y.da Midiyada Gaumata qo‘zg‘oloni va Marg‘iyonadagi qo‘zg‘olon, 500 — 493 ylarda kichik osi-yolik yunonlar qo‘zg‘oloni, 405 y. Misr-dagi qo‘zg‘olon). Mil. av. 5- a. oxiridan boshlab satraplar muntazam suratda o‘zaro urush olib borganlar, ba’zan esa hatto podshohning o‘ziga ham qarshi qurol ko‘targanlar. 500 — 449 y.lardagi yunon-fors urushlari davridayoq fors qo‘shinining jangovarlik qobiliyati anchagina yo‘qotilgan. Mil. av. 330 y. Aleksandr Makduniy qo‘shini zarbalari ostida A. d. qulagan.Turon xalqlarining A. d.ga qarshi olib borgan kurashlari haqida: q. To‘maris, Shiroq, Marg‘iyona qo‘zg‘oloni.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil