Ashxobod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 110 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q23438 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 57:
| sayt tili =
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ashxobod''' (turkmancha Ashgabat; arab.— oshiq va fors— obod; 1919 y.gacha Asxobod, 1927 y.gacha Poltoratsk) — shahar, Turkmaniston poytaxti (1924 y. okt.dan). Kopetdog‘ tizmasining shim. etaklarida, Axal vohasida. Xalqaro t.y. o‘tgan. Havo yo‘llari xalqaro ahamiyatga ega. A. yaqinidan Qoraqum kanali o‘tadi. Aholisi 412,8 ming kishi (1999). A. o‘rnida qadimda karvon yo‘li ustida joy-lashgan manzilgohlar bo‘lgan. A. 1881 y. qadimgi Asxobod qishlog‘i o‘rnida Rossiya mustamlakachi qo‘shinlarining harbiy istehkomi sifatida vujudga kelgan. Keyinroq Zakaspiy viloyatining ma’muriy markazi. A.ning vujudga keli-shida uning muhim karvon yo‘llari usti-da joylashganligi katta rol o‘ynagan. 1885 y. Asxobod —Kaspiy va 1899 y. Asxobod — Toshkent t.y. liniyalarining qurilishi A.da sanoatning rivojlani-shiga olib keldi. 1917 y. dek. da A.da hokimiyatni bolsheviklar egallab, sho‘rolar hokimiyatini o‘rnatdi. 1918 y. 17 iyunda bolsheviklar rejimiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon sho‘rolar tomonidan shafqatsiz bostirildi. 1918 y. 11—12 iyulda A.da hokimiyat eserlar (oq gvardiyachilar) qo‘liga o‘tdi. 1919 y. 9 iyulda shaharni yana bolsheviklar egallab oldi. 1924 y. gacha A. Turkiston ASSRning viloyat markazi. 1924 y. 27 okt.dan Turkmaniston poytaxti va 1927 y.dan Ashxobod nomini oldi. 1948 y.gi Ashxobod zilzilasida shahar butunlay vayron bo‘ldi.A.— yirik sanoat, ma’muriy va mada-niyat markazi. Yetakchi sanoat tarmoqlari — mashinasozlik va metallsozlik. Shu-ningdek kimyo-farmatsevtika, oyna, yengil (ipgazlama, ipak, poyabzal, gilam to‘qish va b.), oziq-ovqat (go‘sht, vino, un, tama-ki) sanoati rivojlangan. Matbuot uyi, kinofabrika bor.A. — muhim madaniyat markazi. Tur-kmaniston FA, 8 oliy o‘quv yurti (shu jumladan Turkmaniston un-ti), 4 teatr (shu jumladan, Turkmaniston opera va balet teatri), tasviriy san’at muzeyi, tarix muzeyi, tarix-o‘lkashunoslik mu-zeyi (1881 y.da asos solingan), "Niso" tarix-madaniyat qo‘riqxonasi mavjud. A.da "Turkmaniston", "Ilm" nashriyot-lari, radio va televideniye, telemarkaz, 837Turkmaniston telegraf agentligi bor. Turkman va rus tillarida gaz. va jur.lar nashr etiladi. 1968 y.dan "Ashxobod oqshomi" shahar gaz. nashr etiladi.20-a. boshida shaharda to‘g‘ri burchak-li kesishgan ko‘chalar b-n birga radial yo‘nalishli ko‘chalar ham bo‘lgan; uylar asosan paxsadan qurilgan. Keyingi vaqtlarda shahar kengaydi va zamonaviy uylar qad ko‘tardi. 1948 y.gi zilzila-dan keyin A. butunlay qayta tiklandi. Ko‘p qavatli zilzilabardosh turar joy va jamoat binolari qurildi. 50—90-y.larda bunyod etilgan inshootlar orasi-da Hukumat uyi binosi, Turkmaniston FA majmuasi, Mulla Nafas nomidagi Akademik drama teatri, q.x. in-ti, un-t, tasviriy san’-at muzeyi, "Tinchlik" kinokonsert zali, markaziy maydondagi Davlat kutubxonasi binosi, "Ashxobod", "Inturist" va b. mehmonxonalar bor. 1941— 45 y.lardagi urushda halok bo‘lgan jangchilarga yodgorlik o‘rnatilgan. 1991 y.dan keyin poytaxtda sharq me’moriy uslubi b-n uyg‘unlashgan holda ko‘plab yangi binolar, jumladan prezident sa-royi va b. bunyod etildi.A.dan 39 km narida, Kopetdog‘ning shim.-sharqiy yon bag‘irlarida Feruza ku-rort shaharchasi joylashgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Ashxobod''' (turkmancha Aşgabat; arab.— oshiq va fors— obod; [[1919-yil]]gacha Asxobod, [[1927-yil]]gacha Poltorask) — shahar, Turkmaniston poytaxti (1924-yil okt.dan). Kopetdogʻ tizmasining shim. etaklarida, Axal vohasida. Xalqaro temir yoʻl oʻtgan. Havo yoʻllari xalqaro ahamiyatga ega. Ashxobod yaqinidan Qoraqum kanali oʻtadi. Aholisi 712 000 kishi (2001). Turkmaniston aholisining 12,7 % shu shaharda istiqomat qilishadi<ref>[http://fishki.net/comment.php?id=89001 Ashgabat — belomramorniy gorod-sad i stolitsa Neytralnogo Turkmenistana]</ref>.