Vazir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Vazir (maʼnolari)}}
'''Vazir''' (arab. — yuk koʻtaruvchi) — oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari b-n shugʻullangan. V. lar podshoh, xon viloyat hokimligiga tayinlagan shahzoda va xonzodalarning yordamchilari hisoblangan. Arab xalifaligida V. lavozimini 1-bulib xalifa al-Mansur (754—775) joriy etgan. Somoniylar davrida 10 devon boʻlib, ularni xojayi buzurg , sohib barid, mushrif, vakil, muxtasib va b. vazirlar boshqargan. Amir Temur va uning vorislari zamonida saltanatning markaziy maʼmuriyatini bosh vazir — devonbegi boshliq 7 V. dan iborat arkoni davlat boshkargan. Ular: 1) mamlakat va raʼiyat ishlari, 2) harbiy ishlar, 3) ti-jorat, 4) moliya ishlari boʻyicha V. lar sanalib, yana 3 nafar maxsus V. chegara viloyatlari va tobe mamlakatlardagi ishlarni nazorat qilib turgan. Maz-kur 7 V. devonbegiga boʻysungan va ular b-n bamaslahat davlatning muhim moliyaviy ishlarini olib borishgan. Xiva xonligida V. yuqori mansabdor shaxs sanalib, vazifasi soliq toʻplash, qoʻshni xonliklar b-n aloqa qilish, amaldorlarni tayinlash va h. k. dan iborat boʻlgan.