Tikuchar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 92 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q34486 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:Chc bell 206.jpg|200px|thumb|[[Kanada]]da ishlab chiqariluvchi [[Bell 206]] vertolyoti.]]
'''Vertolyot''' yoki '''tikuchar''' gorizontal [[parrak]]lar yordamida ko‘tariluvchi va harakat etuvchi [[havo kemasi]]dir. ''Vertolyot'' atamasi [[ruscha]] ''вертолёт'' (aylanma uchoq) so‘zidan olingan.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Vertolyot''' — tikka koʻtariladigan va qoʻnadigan havodan ogʻir uchish apparati; unda koʻtarish kuchini bitta yoki bir nechta (koʻpincha, ikkita) eltuvchi vint vujudga keltiradi. V. turgan joyidan koʻtariladi, tikkasiga pastlab qoʻnadi, osmonda bir joyda muallaq turishi, vertikal oʻq atrofida istalgan tomonga burilishi, xohlagan yoʻnalishda toʻgʻri uchishi mumkin. V.ni ninachiga qiyosan yasashga koʻp urinishlar boʻlgan. Dastlabki urinish 15-a.ga toʻgʻri keladi. V.ning birinchi rasmi italyan olimi Leonardo da Vinchi qoʻlyozmalaridan birida topilgan. U gelikopter (yun. heliros — spiral, vint va pteron — qanot) yasash gʻoyasini bergan, lekin uni amalga oshirolmagan. Yuqoriga koʻtarila oladigan dastlabki V. (gelikopter) modelini rus olimi M. V. Lomonosov 1754 y.da yasagan. Unda dvigatel rolini prujina oʻtagan, uning ikki tomonga aylanadigan ikki vinti boʻlgan. Vint-qanotli apparatlar, yaʼni V.lar yasash gʻoyasini Fransiyada 1835—65 y.larda P.d.’ Amerkur va G.de Landell rivojlantirishdi. Rus olimi B. N. Yurev 1912 y.da havo vinti nazariyasini rivojlantirib, V. sxemasini taklif qildi va 1930 y.da shu sxema boʻyicha, asosiy elementlari zamonaviy V.nikiga uxshash bir vintli, bir oʻrinli SAGI 1—EA rusumli jahonda birinchi V.ning tajriba variantani yasadi. Shu b-n u vertolyotsozlikka asos soldi. 1941 y.da u I. P. Bratuxin b-n birga ikki vintli "Omega" vertolyotini yasadi va 1946 y.da uchirib namoyish qildi. Shundan keyin birin-ketin turli rusumdagi V.lar yasala boshladi. Rossiyada M. L. Mil va N. I. Kamov rahbarligidagi ilmiy-loyihalash muassasasi, AQShda "Sikorskiy". "Boing", "Bell", "Kaman", Fransiyada "Syudaviason", Angliyada "Uestlend", Italiyada "Agusta" firmalari V.sozlikka katta hissa qoʻshishdi. V.larni koʻplab i.ch. sobiq Ittifoqda 1951 y. boshlandi. M. L. Milning "Mi4", "Mi-6", "Mi-8", "Mi-10", "Mi-12" V.lari, keyinchalik N. I. Kamovning "Ka-15", "Ka-18, "K-25", "K-26", "Ka-50" "Uchuvchi akula" harbiy V. va b. Rusumli V. ishlab chiqarila boshladi. Hozir turli-tuman rusumli V.larni i.ch. taraqqiy etgan.
 
V.ning tezligi 350 km/soat gacha yetadi (agar qoʻshimcha dvigatel oʻrnatilsa 500 km/soat dan oshadi), 50 t gacha yukni koʻtarib ucha oladi. V.ning bir vintli, ikki vintli va koʻp vintli, qanotli va qanotsiz xillari boʻladi. Har qanday sxemadagi V. planer (fyuzelyaj, shassi, boshqarish organlari, elektr, radio va navigatsiya jihozlari), vintli eltuvchi tizim (eltuvchi vintlar), dvigatel (kuch) qurilmasi (q. Vertolyot dvigateli) dan iborat. Mexanik yuritmali bir vintli V.da bulardan tashqari quyruq vinti va bu vintni boshqarish tizimi ham boʻladi. V.lar xalq xoʻjaligida (q.x. zararkunandalari b-n kurashish, yoʻlovchilar va yukni tashish), geol.-qidiruv ishlarini bajarish, gravimetrik suratga olish, muzliklarni kuzatish, oʻrmondagi yongʻinlarni oʻchirish, yirik jihozlarni tashish va oʻrnatishda, qurilishda, borish qiyin boʻlgan joylarga shifokorlarni olib borishda, qutqaruv ishlari va b. ishlarda keng qoʻllaniladi. V.lardan harbiy ishda ham foydalaniladi (yana q. [[Aviatsiya)]].<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{stub}}
Qator 9 ⟶ 16:
{{Link FA|vi}}
{{Link FA|ar}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}