Veterinariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Veterinariya (maʼnolari)}}
'''Veterinariya''', veterinariya tibbiyoti, baytariya (lot. veterinarius — hayvonlarni parvarish qiluvchi, hayvonlarni davolovchi) — hayvonlar kasalliklarini oʻrganuvchi fanlar majmui hamda hayvonlar kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotish, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi. V. shartli ravishda 3 guruhga ajratiladigan fanlarni oʻz ichiga oladi: veterinariya- biologiya fanlari — hayvonlarning sogʻlom va kasal organizmlari tuzilishi va hayot faoliyatini, kasallik qoʻzgʻatuvchilarini, dori moddalarining organizmga taʼsirini oʻrganadi (hayvonlarning normal va patologik anatomiyasi, fiziologiyasi, hayvonlar biokimyosi, V. mikrobiologiyasi, virusologiya, mikologiya, fiziologiya va b.); klinik fanlar — hayvonlar kasalliklarini, ularni aniqlash usullarini, kasalliklarning oldini olish va ularni bartaraf etishni oʻrganadi [epizootologiya va infeksion kasalliklar, parazitologiya, invazion kasalliklar, ichki yuqumli boʻlmagan kasalliklar, xirurgiya, akusherlik va ginekologiya (sunʼiy qochirish b-n birga) va b.veterinariya-sanitariya fanlar i — hayvon organizmiga tashqi omillar taʼsirini, hayvonlar yashaydigan muhitni yaxshilash muammolarini (zoogigiyena), shuningdek hayvonlardan olinadigan mahsulotlar va xom ashyo sifati masalalarini oʻrganadi (V. sanitariyasi, V.sanitariya ekspertizasi).