Artturi Ilmari Virtanen: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Mart 2013, 21:13 dagi koʻrinishi

Virtanen Arturi Ilmari (1895.15.1 — 1973.11.11) — finlyandiyalik biokimyogar. Xelsinki un-ti prof. (1931 y.dan), ayni vaqtda Fin texnologiya in-ti prof. (1931—39) va Biokimyo in-ti direktori (1931—73), Finlyandiya Akademiyasi prezidenti (1948—63). Asosiy ishlari yem biokimyosiga bagʻishlangan. Bakterial va fermentativ jarayonlarni toʻxtatuvchi rN 4 ga teng boʻlgan xlorid va sulfat kislotalarning aralashmasidan foydalanib yemlarni konservalash usulini ishlab chiqqan (1928—29). Bu usul olim nomi b-n atalib ("AIV-usuli"), koʻp mamlakatlarning q. x.da keng qoʻllanilgan. Sut va yogʻni konoyervalash, pishloq i. ch. texnologiyasini takomillashtirish ustida i. t. oʻtkazgan. Nobel mukofoti laureati (1945).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil