Vodorod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 162 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q556 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Kimyoviy unsur | Vodorod (H) | 1 | [[hid]]siz, [[taʻm]]siz va [[rang]]siz [[gaz]] | 1,00794 | 79 | 1311,3 | 1s<sup>1</sup> | 32 | 54 (−1&nbsp;e) | 2,20 | | 1, −1 | 0,0708(-253&nbsp;°C da) | 14,267 | 0,1815 | 14,01 | 0,117 | 20,28 | 0,904 | 14,1 | geksagonal | 3,750 | 1,731 | 110,00}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Vodorod''' (Hydrogenium), H—Mendeleev davriy sistemasining birinchi guruhiga mansub kimyoviy element; at. m. 1,00797. Odatdagi sharoitda rangsiz, hidsiz gaz boʻlib, taʼmi yoʻq. Metallarga kislotalar taʼsir ettirilganida yonuvchi gaz ajralishi 16- va 17-a. kimyogarlarining asarlarida koʻp eslatib oʻtiladi. 1766 y.da ingliz kimyogari G. Kavendish ajralayotgan gazni yigʻib tekshirib, "alangalanuvchi havo" deb atadi va ana shu gaz flogiston boʻlsa kerak, deb oʻyladi. 1783 y.da A. Lavuaze suvni analiz va sintez qilish yoʻli b-n uning tarkibi murakkab ekanini isbot etdi. 1787 y.da esa "alangalanuvchi gaz"ni yangi element deb taʼrifladi va unga hoz. hydrogene (yun. hydro—suv va gennao—tugʻdiraman) nomini berdi. Ruscha "V." nomini 1824 y.da M. F. Solovev taklif etgan.
 
V. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, Yer poʻsti (litosfera va gidrosfera) dagi miqdori ogʻirligi boʻyicha 1%, atomlar soni boʻyicha 16% ni tashkil etadi. Yerda eng koʻp tarqalgan birikma — suv (ogʻirligi boʻyicha 11,19% V.) tarkibida hamda koʻmir, neft, tabiiy gazlar, tuproq, shuningdek, hayvon va oʻsimlik organizmlari (yaʼni oqsillar, nuklein kislotalar, yogʻlar, uglevodlar va b.) tarkibida uchraydi. V. erkin holda juda kam, tabiiy gazlarda ozgina, atmosferada juda oz boʻladi. Yer atrofida protonlar oqimi sifatida Yerning ichki ("proton") radiatsion mintaqasini hosil qiladi. Fazoda eng koʻp tarqalgan element hisoblanadi. Plazma sifatida Quyosh va koʻpchilik yulduzlar ogʻirligining yarmini, yulduzlararo muhit hamda gaz tumanliklarining asosiy qismini tashkil etadi. Bir qator sayyoralarda N2 sifatida erkin hodda, metan SN4, ammiak NH3, suv N2O, =SN, =NH, —ON, =SiH, =RN va b. radikallar sifatida uchraydi.
 
Oddiy V. ikki barqaror izotop: yengil V. yoki protiy (‘N) va ogʻir V. yoki deyteriy (2N yoki D) lardan iborat. Tabiiy birikmalarida bir atom 2N ga oʻrtacha 6800 ta ‘N toʻgʻri keladi. Radioaktiv izotopi — oʻta ogʻir V. yoki tritiy (3N yoki T) sunʼiy yoʻl b-n olingan. Buning yarim yemirilish davri T1/2=12,262 y. Tabiatda tritiy kosmik nurlar neytronlarining taʼsirida azotdan hosil boʻladi. Juda beqaror izotopi 4N ham olingan. V. atomi boshqa elementlarinikiga nisbatan oddiy boʻlib, yadro va bitta elektrondan iborat. Elektronning yadro b-n bogʻlanish energiyasi (ionizatsiya potensiali) 13,595 eV ga teng .
 
V. maʼlum moddalar ichida eng yengili boʻlib (havodan 14,5 baravar yengil), zichligi 0,0899 g/l (0° va 1 atm). V. — 252,6° da qaynaydi (suyuqlanadi) va — 259,1° da suyuqlanadi (qotadi). Barcha gazlar ichida V. eng koʻp issiq oʻtkazuvchandir (0° va 1 atmda 4,16-10 -* kal/sm sek. grad). V. suvda kam eriydi (20° va 1 atmda 0,0182 ml/g), lekin metallar (Ni, Pt, Pd va b.) da, ayniqsa palladiyda yaxshi eriydi.
 
Oddiy sharoitda molekula holidagi V. faol emas, bunday holda faqat metallmaslar b-n (ftor, nur taʼsirida xlor b-n ham) birika oladi. Qizitilganda koʻpgina elementlar b-n birikadi. Atom holidagi V. molekula holidagi V.ga nisbatan kimyoviy jihatdan juda faol hisoblanadi. V. kislorod b-n suv hosil qiladi: N2+1/2O2=N2O; bunda 68,3174 kkal/mol issiqlik ajraladi (25° va 1 atm.). Odatdagi sharoitda reaksiya sekin, 550° dan yuqorida esa portlash b-n boradi. Vodorod-kislorod aralashmasining portlash chegaralari 4 dan 92% N2 gacha, vodorod-havo aralashmasiniki esa 4 dan 74% N2 gacha (2 hajm N2 va 1 hajm O, aralashmasi qaldiroq gaz deb ataladi). V. oksidlardan kislorodni tortib ola olishi sababli koʻpgina metallarni qaytarish maqsadlarida ishlatiladi.
 
CuO+H,=Cu+H2O; Fe3O4+4H>3Fe+4H2OL. galogenlar b-n galogenvodorodlar hosil qiladi, mas.,N2+S12=2NS1. Bunda ftor b-n portlash orqali, xlor va brom b-n nur yoki qizdirish orqali birikadi, yod b-n esa faqat qizdirilganida reaksiyaga kirishadi. V. azot b-n birikib, ammiak hosil qiladi: 3H,+N2=2NH3. Oltingugurt b-n birikkanda vodorod sulfid hosil boʻladi. Yuqori t-rada sof holdagi uglerod b-n birikib, metan beradi. Metallar b-n bevosita birikib, gidridlar hosil qiladi. H,+2Li=2LiH. V. ning uglerod (I)-oksid b-n reaksiyasi amaliy ahamiyatga ega boʻlib, bunda t-ra, bosim va katalizatorga qarab turli xil organik birikma (mas., formaldegid, metanol va b.) lar olish mumkin. Toʻyinmagan uglevodorodlar V. b-n reaksiyaga kirishib, toʻyingan uglevodorodlarga aylanadi (q. Gidrogenlash). V. baʼzi elektromanfiy elementlar (mas., Gʻ, O, N, S, V, S1, S, R) b-n vodorod bogʻ hosil qiladi.
 
V. sanoatda tabiiy va yulakay gazlardan, koks gazi va neftni qayta ishlashda hosil boʻluvchi gazlardan olinadi. Elektroliz yoʻli b-n suvdan ham olinadi. Metandan suv bugʻi yoki kislorod taʼsir ettirib olinishi asosiy yoʻllardan hisoblanadi.
 
V. 18-a.dan boshlab havo sharlarini toʻldirish uchun ishlatilib kelgan. V. ammiak, metil spirt, sintetik benzin (sintin) i.ch.da, qattiq va ogʻir suyuq yoqilgʻilar, yogʻlarni gidrogenlashda, xlorid kislota sintezida, neft mahsulotlarini tozalashda, metallarni kavsharlash va qirqishda ishlatiladi. V. izotoplari - deyteriy va tritiy atom energetikasida keng qoʻllaniladi.
 
Stalina Qosimova.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[[Tasvir:Electron shell 001 Hydrogen.svg|thumb|left|Vodorod]]
'''Vodoród''' — rangsiz [[gaz]], [[unsurlar davriy jadvali]]ning birinchi [[unsur]]i. Eng yengil modda. Eng keng tarqalgan [[izotop]]i ¹H ning [[ion]]i — [[proton]]. Vodorodning baʻzi izotoplari oʻz nomiga ega: ¹H — [[protiy]] (Н), ²H — [[deyteriy]] (D) va ³H — [[tritiy]] (T). Tabiatda keng tarqalgan, yonuvchan.
Qator 17 ⟶ 38:
{{Link FA|pt}}
{{Link FA|ro}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}