Bahrayn: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
Bahrayn Davlati (Davlat al-Bahrayn) — Janubi-g‘arbiy Osiyoda, Fors qo‘ltig‘ining Bahrayn orollaridagi davlat (amirlik). Bahrayn tarkibiga 33 orol kiradi, ularning eng kattalari: Bahrayn. Muharrak, Umm-Naasan, Havar. Rasmiy tili — [[arab tili]]. Maydoni 695,2 km<sup>2</sup>, aholisi 1 234 571 kishi (2011). Asosiy aholisi [[arablar]]. [[Forslar]], pokistonliklar, hindlar ham yashaydi. Aholining 83% shaharlarda istiqomat qiladi. Islom diniga e’tiqod etadi. Poytaxti — [[Manama]] shahri.
 
== Davlat tuzumi ==
[[File:Traditional Wedding Dress of Bahrain.jpg|250px|thumb|Milliy kiyim kiygan kelin]]
Bahrayn — konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshlig‘i — amir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va bir palatali Milliy Kengash (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. [[1973-yil]] mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingan. 1973 — [[1975-yil]]larda konstitutsiyaga muvofiq Milliy Assambleya (parlament) chaqirildi, biroq u [[1975-yil]]da amirning farmoni bilan tarqatib yuborildi. [[1992-yil]]da 40 kishidan iborat Maslaxat Kengashi tuzilganligi e’lon qilindi. Uning vazifasi — qonun loyihalari va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining turli sohalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kengash tarkibini amir belgilaydi.