Bank: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqola yangilandi
Qator 1:
'''Banklar''' (lot. ansa — sarrof peshtaxtasi) — kreditmoliya muassasalari; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisobkitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valyutalari b-n bogʻliq operatsiyalarni bajarish va b. b-n shugʻullanadi.
'''Banklar''' (lot. ansa — sarrof peshtaxtasi) — kreditmoliya muassasalari; asosan, vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini to‘plash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisobkitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, oltin va chet el valyutalari b-n bog‘liq operatsiyalarni bajarish va b. b-n shug‘ullanadi.Bank ishining asosiy yo‘nalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish hisoblanadi. B. kimmatbaho qog‘ozlarni saqlash, saqlashga o‘tkazilgan qimmatbaho qog‘ozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham ko‘rsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga ko‘ra hoz. vaqtda B.ning quyidagi asosiy turlari faoliyat ko‘rsatadi: markaziy (emissiya) B. va tijorat B.Markaziy B. ("banklarningbanki") (Milliy B. va AQShda Federal rezerv tizimi) mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyosatini amalga oshiradi, nakd pul va qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi b-n shug‘ullanadi, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlaydi, davlat va tijorat B.ga kreditlar beradi.Tijorat B. o‘z navbatida universal va ixtisoslashgan B.ga bo‘linadi. Ixtisoslashgan B. investitsiya B., jamg‘arma (omonat) B., maxsus B., kooperativ B. va b.dan iborat. Tijorat B. universal B. bo‘lib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari ko‘rsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qog‘ozlarni sotish va sotib olish). Bu B. bank va kredit tizimining o‘zagini tashkil etadi. Universal B. hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan B. biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat ko‘rsatadi. Investitsiya B., asosan, emissiyata’sischilik operatsiyalar b-n shug‘ullanadi va qimmatbaho qog‘ozlar savdosini o‘tkazadi. Maxsus B. muayyan mijozlar guruhiga xizmat ko‘rsatadi yoki ayrim sohalarda ixtisoslashadi (jamg‘arma, savdo, tashqi savdo, ipoteka va b.). Kooperativ B. tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan pay asosida barpo etiladi, ta’sischilarning kredit va bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar bo‘yicha tashkil topadi, tijorat B.ning bir ko‘rinishi hisoblanadi.Mulk shakliga kura B.ning quyidagi turlari bor: davlat B., davlat ishtirokidagi aralash B., davlatlararo B., xalqaro B., chet el sarmoyasi ishtirokidagi B., aksiyadorlik B., Bankirlar uyi, kooperativ B., mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish B., kommunal B., xususiy B. va b.B. ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo bo‘lgan. Ular asosan, savdogarlarning pul b-n bog‘liq hisobkitob ishlarini bajargan jiro-banklar (mijozlar O‘rtasida hisobkitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu b-n bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni r to‘ntarishidan so‘ng barcha B. sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. O‘zbekistonda bank tizimi 1924 y.dan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992 y.ga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 - 23 y.larda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59 y.larda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning O‘zbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991 y. 15 fev.da www.ziyouz.com kutubxonasi 94Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi B. Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR B.ining respublika idoralari mustaqil B. sifatida O‘zR Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olindi.O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich o‘tkazish dasturiga mos keladi. O‘tgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; B.ning soni va ular ko‘rsatadigan xizmat turlari ko‘paydi.1995 — 96 y.larda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O‘zRning "O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi (1995 y. 21 dek.) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini to‘ldiribgina qolmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. O‘zRning "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida" 1996 yil 25 apr.dagi yangi Qonuni esa tijorat B. faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent sh. boshqarmalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zRning bosh banki hisoblanadi (1992 y. sent.gacha sobiq SSSR Davlat bankining O‘zbekiston bo‘limi).Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan B., ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy B. tashkil etadi.Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan B.ni tuzish yo‘li b-n amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan B.ning tashkil etilishi bozorga yo‘naltirilgan bank tizimini yaratish yo‘lidagi zaruriy va tabiiy bosqich bo‘ldi.1995 — 96 y.larda "Asaka" ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, "Aloqabank" aksiyadorlik tijorat banki, "Toshkentijtimoiyuyjoy-bank" aksiyadorlik tijorat banki, "Uzsayohatinvestbank" O‘zbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va "Zamin" ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. "O‘zdehqonsanoatbank" aksiyadorlik tijorat banki "Paxtabank" ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, "O‘zjamg‘armabank" Xalq bankiga aylantirildi.Tijorat B. xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati ko‘rsatishni amalga oshiradi. Bu B. to‘la mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub bo‘lgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar o‘rtasida taqsimlangan. Tijorat B.ning xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablag‘larini sotib olishlari mumkin.O‘zRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega bo‘lgan 35 tijorat B. faoliyat ko‘rsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).Xususiy B.ning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997 y. 24 apr.dagi "Xususiy tijorat banklarini tashkil www.ziyouz.com kutubxonasi 95qilishni rag‘batlantirish choratadbirlar to‘g‘risida" Farmoni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Farmonga ko‘ra, respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat B. b-n bir qatorda xususiy B. ham tashkil etila boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank Us t a v kapitalining kamida 50% ni tashkil eti-shi lozim). 1998 y.da 5 ta xususiy ("Alp Jamol", "Turkiston", "Istiqbol", "XIFbank" va "O‘ktambank") B.ga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi.1995 y. 24 okt.da O‘zbekiston tijorat B. uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy B.lar ham kirgan).Respublikada 1992 y.dan "O‘zbank-audit" — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996 y.dan buyon "O‘zbankaudit" b-n bir qatorda "Deloyt end Tush" va "Ernst end Yang" kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda "Xolis" guruhi va "Odil audit" mahalliy audit firmalariga O‘zR Markaziy banki tomonidan bank auditi o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi b-n ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar o‘tkazadi.Hoz. davrda O‘zbekistonda chet el B. va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qo‘shma B. faoliyat ko‘rsatadi. Ular jumlasiga O‘zbekiston — Gollandiya "O‘zprivatbank" va "ABN Amrobank— O‘zbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati", O‘zbekiston — Turkiya "O‘Tbank", O‘zbekiston — Jan. Koreya "O‘zDEUbank" kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), "Kredi Kommersial de Frans", "Sosete Jeneral" (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), "Rossiyskiy kredit" va "Sakura bank LTD" (Yaponiya) banklari bor.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.2000 y. 1 yanv.da O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529 mlrd. so‘mlik kredit qo‘yilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. so‘mi qisqa muddatli, 292 mlrd. so‘mi o‘rta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. O‘rtacha foiz stavkasi qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha 33,7%, o‘rta muddatli kreditlar bo‘yicha 23%, uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha 13% dan iborat bo‘ldi.Fayzulla Mumajonov.
 
Bank ishining asosiy yoʻnalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. B. kimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hoz. vaqtda B.ning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) B. va tijorat B.
 
Markaziy B. ("banklarningbanki") (Milliy B. va AQShda Federal rezerv tizimi) mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyosatini amalga oshiradi, nakd pul va qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi b-n shugʻullanadi, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlaydi, davlat va tijorat B.ga kreditlar beradi.
 
Tijorat B. oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan B.ga boʻlinadi. Ixtisoslashgan B. investitsiya B., jamgʻarma (omonat) B., maxsus B., kooperativ B. va b.dan iborat. Tijorat B. universal B. boʻlib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib olish). Bu B. bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi. Universal B. hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan B. biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat koʻrsatadi. Investitsiya B., asosan, emissiyataʼsischilik operatsiyalar b-n shugʻullanadi va qimmatbaho qogʻozlar savdosini oʻtkazadi. Maxsus B. muayyan mijozlar guruhiga xizmat koʻrsatadi yoki ayrim sohalarda ixtisoslashadi (jamgʻarma, savdo, tashqi savdo, ipoteka va b.). Kooperativ B. tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan pay asosida barpo etiladi, taʼsischilarning kredit va bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar boʻyicha tashkil topadi, tijorat B.ning bir koʻrinishi hisoblanadi.
 
Mulk shakliga kura B.ning quyidagi turlari bor: davlat B., davlat ishtirokidagi aralash B., davlatlararo B., xalqaro B., chet el sarmoyasi ishtirokidagi B., aksiyadorlik B., Bankirlar uyi, kooperativ B., mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish B., kommunal B., xususiy B. va b.
 
B. ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul b-n bogʻliq hisobkitob ishlarini bajargan jiro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisobkitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu b-n bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari b-n shugʻullangan. B.ning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda Shim. Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.
 
Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi b-n B.ning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-a.
 
dan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab B. kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. B.ning koʻpayishi b-n ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin B. yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. B. muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar b-n amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisobkitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi b-n kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. B. boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin B. oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-a. oxiriga kelib B. ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida B.ning yiriklashuvi B. sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. B. toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish b-n kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi, ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik B. va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi.
 
Hoz. davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (mas, 90-y.lar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) B. boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik B. nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu b-n birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda B. iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. B. pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, fonda normasining tenglashuvini taʼminlaydi.
 
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875 y. Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat B.ning filiali boʻlgan. 19-a.ning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
 
Oktyabr toʻntarishidan soʻng barcha B. sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi 1924 y.dan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992 y.ga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 - 23 y.larda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59 y.larda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991 y. 15 fev.da Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi B. Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR B.ining respublika idoralari mustaqil B. sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; B.ning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.
 
1995 — 96 y.larda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi (1995 y. 21 dek.) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" 1996 yil 25 apr.dagi yangi Qonuni esa tijorat B. faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent sh. boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992 y. sent.
 
gacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi).
 
Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan B., ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy B. tashkil etadi.
 
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan B.ni tuzish yoʻli b-n amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan B.ning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.
 
1995 — 96 y.larda "Asaka" ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, "Aloqabank" aksiyadorlik tijorat banki, "Toshkentijtimoiyuyjoy-bank" aksiyadorlik tijorat banki, "Uzsayohatinvestbank" Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va "Zamin" ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. "Oʻzdehqonsanoatbank" aksiyadorlik tijorat banki "Paxtabank" ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, "Oʻzjamgʻarmabank" Xalq bankiga aylantirildi.
 
Tijorat B. xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu B. toʻla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat B.ning xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.
 
OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 tijorat B. faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).
 
Xususiy B.ning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997 y. 24 apr.dagi "Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish choratadbirlar toʻgʻrisida" Farmoni muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat B. b-n bir qatorda xususiy B. ham tashkil etila boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank Us t a v kapitalining kamida 50% ni tashkil eti-shi lozim). 1998 y.da 5 ta xususiy ("Alp Jamol", "Turkiston", "Istiqbol", "XIFbank" va "Oʻktambank") B.ga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi.
 
1995 y. 24 okt.da Oʻzbekiston tijorat B. uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy B.lar ham kirgan).
 
Respublikada 1992 y.dan "Oʻzbank-audit" — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996 y.dan buyon "Oʻzbankaudit" b-n bir qatorda "Deloyt end Tush" va "Ernst end Yang" kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda "Xolis" guruhi va "Odil audit" mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi b-n ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.
 
Hoz. davrda Oʻzbekistonda chet el B. va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma B. faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya "Oʻzprivatbank" va "ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati", Oʻzbekiston — Turkiya "OʻTbank", Oʻzbekiston — Jan. Koreya "OʻzDEUbank" kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), "Kredi Kommersial de Frans", "Sosyete Jeneral" (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), "Rossiyskiy kredit" va "Sakura bank LTD" (Yaponiya) banklari bor.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
 
2000 y. 1 yanv.da Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. soʻmi qisqa muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz stavkasi qisqa muddatli kreditlar boʻyicha 33,7%, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha 23%, uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13% dan iborat boʻldi.
 
Fayzulla Mumajonov.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->