Buvayhiylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqola yangilandi
Qator 1:
'''Buvayhiylar''' — G‘arbiyGʻarbiy Eron va Iroqda hukmronlik qilgan sulola (932—1055). Asoschilari — akauka Ahmad, Hasan va Ali. Ularning otasi Buvayh (sulola nomi shuning ismidan olingan) Eron podshohi Bahrom Go‘rGoʻr naslidan bo‘libboʻlib, Daylam (Gilon viloyatining tog‘litogʻli qismi)dagi jangari qavmlar sardori edi. Shu boisdan mazkur sulola vakillari "daylamiylar" deb ham atalgan. Buvayh 930 y. somoniylardan ajrab chiqib, ziyoriylarta qo‘shilganqoʻshilgan. Ziyoriylar hukmdori Mardovij (928—935) Buvayhning o‘g‘illaridanoʻgʻillaridan Alini Karaj sh.ga voliy, Ahmad va Hasanni esa yirik harbiy qismlarga boshliq qilib tayinlagan. So‘ngSoʻng , B. 932—945 y.larda Arrajon, Nubinjon, Isfahon, Hamadon, Ray, Kirmon, Ahvoz, Sheroz sh.larini bosib olganlar. Shunda Bag‘dodBagʻdod xalifasi AlMustakfiy Billoh (Abdulloh) (944— 946) akauka B.ni o‘zlarioʻzlari istilo qilgan viloyatlarga noib etib tayinlashga majbur bo‘libboʻlib, Aliga "Imoduddavla" ("Davlat tayanchi"), Hasanga "Ruknuddavla" ("Davlat ustuni") va Ahmadga "Muizzuddavla" ("Davlat qudrati") degan faxriy unvon bergan. Keyin, B. 945 y. Bag‘dodniBagʻdodni ham bosib olib, abbosiylar xalifaligining siyosiy mavjudligiga chek qoʻyganlarda, amalda davlatni oʻzlari boshqara boshlaganlar. 10-a.ning 2-yarmida B. qad. Eron hukmdorlarining "shahanshoh" degan unvonini qabul qilganlar. B.ning eng mashhur vakili — Adududdavla (949—983) mamlakatdagi barcha uluslarni birlashtirishga muvaffaq boʻlgan. Uning davrida sugʻorish tarmoklari kengaytirilgan, Sheroz, Bagʻdod va b. sh.larda katta qurilish ishlari olib borilgan, iqto yerlari koʻpaytirilgan, ilmfan va sanʼat birmuncha taraqqiy etgan. Adududdavla vafotidan soʻng mamlakatda boshlangan taxt uchun kurash oqibatida B. zaiflashib qolib, mamlakat yerlarining sharqiy qismi Mahmud Gʻaznaviy tomonidan ishgʻol etilgan (1029). Saljuqiylarnint 1055 y. qilgan bosqini esa B. sulolasi hukmronligini butunlay tugatgan.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->