Andoza:Yaxshi maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''[[Oʻzgaruvchi]]''' — [[matematika]]da berilgan masala yoki amallar koʻlami ichida oʻzgaruvchi qiymat. ''Oʻzgarmas'' yoki ''konstanta'' boʻlsa oʻzgarmaydigan qiymat. Oʻgaruvchi va oʻzgarmas tushunchalari matematikaning koʻp nazariy va amaliy sohalarida ishlatiladi. Oʻzgaruvchi tushunchasi yana [[tabiiy fanlar]], [[texnika]] va [[dasturlash]] kabi sohalarda keng qoʻllaniladi. Oʻzgaruvchilarga misol qilib havo [[harorat]]ini yoki matematik funksiya parametrini keltirish mumkin. Oʻzgaruvchi olishi mumkin boʻlgan qiymatlarga qarab xarakterlanadi. Oʻzgaruvchilar ''erkli oʻzgaruvchilar'' va ''erksiz oʻzgaruvchilar'' boʻlib ikkiga boʻlinadi. Erkli oʻzgaruvchilar turli qiymatlarni erkin ola oladi. Erksiz oʻzgaruvchilar boʻlsa sistemadagi boshqa qiymatlar oʻzgarishi sabab oʻzgaradi xolos. Matematikada oʻzgaruvchilar odatda bir qismli belgilar bilan ifodalanadi. [[Fransiya|Farang]] [[falsafa|faylasufi]] [[René Descartes|Rene Dekart]]dan oʻrnak olib [[alifbo]] boshidagi harflar konstantalarni, alifbo oxiridagi harflar boʻlsa oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Masalan, ''a'', ''b'', ''c'' harflari odatda konstantalarni, ''x'', ''y'', ''z'' va ''t'' harflari oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. [[Tipografiya]]da konstantalar va oʻzgaruvchilar odatda [[kursiv]] bilan (qiya) yoziladi. ('''[[Oʻzgaruvchi|Davomi...]]''')<noinclude>
[[File:Marilyn Manson performing Antichrist Superstar, SomewhatDamaged2.jpg|right|120px|Marilyn Manson]]
'''[[Marilyn Manson (guruh)|Marilyn Manson]]''' — [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|Amerika]]lik [[rock]] musiqa guruhi. Guruhga 1989-yil [[Marilyn Manson]] va Daisy Berkowitz (asl ismi Scott Putesky) [[Florida]] shtatining Fort Lauderdale shahrida asos solishgan. Guruhning ilk nomi '''Marilyn Manson & the Spooky Kids''' boʻlgan. 1990-yillarning boshlarida faqat Amerikalik muxlislari bor boʻlgan bu guruh keyinchalik butun dunyoga tanildi. Guruhga asos solinganidan beri uning aʼzolari koʻp marta oʻzgardi. Guruhning hozirgi aʼzolari [[Marilyn Manson|guruh nomi bilan bir xil ismli Manson]], [[gitara]]chi [[Twiggy Ramirez]] (asl ismi Jeordie White; avval [[bas gitara]] chalgan), bas gitarachi [[Fred Sablan]] va konsertlarda birga yuruvchi [[baraban]]chi [[Jason Sutter]]. 1996-yilgacha guruh aʼzolarining ismlari mashhur ayol seks simvollarning ismi va [[serial qotil]]larning familiyasini birlashtirib yasalgan. Guruhning toʻrt albomi bir necha marta ''platinum'', ikki albomi ''gold'' sertifikatlarini oldi. VH1 musiqa telekanali Marilyn Manson guruhini oʻzining ''100 Great Artists of Hard Rock'' roʻyxatida 78-eng yaxshi rock guruh deb topdi. Shu kungacha Marilyn Mansonning 50 milliondan oshiq audioyozuvi sotilgan. ('''[[Marilyn Manson (guruh)|Davomi...]]''')<noinclude>
:[[Vikipediya:Yaxshi maqolalar|Arxiv]]
[[Category:Vikipediya:Yaxshi maqolalar]]</noinclude>