Andoza:Yaxshi maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''[[Oʻzgaruvchi]]''' — [[matematika]]da berilgan masala yoki amallar koʻlami ichida oʻzgaruvchi qiymat. ''Oʻzgarmas'' yoki ''konstanta'' boʻlsa oʻzgarmaydigan qiymat. Oʻgaruvchi va oʻzgarmas tushunchalari matematikaning koʻp nazariy va amaliy sohalarida ishlatiladi. Oʻzgaruvchi tushunchasi yana [[tabiiy fanlar]], [[texnika]] va [[dasturlash]] kabi sohalarda keng qoʻllaniladi. Oʻzgaruvchilarga misol qilib havo [[harorat]]ini yoki matematik funksiya parametrini keltirish mumkin. Oʻzgaruvchi olishi mumkin boʻlgan qiymatlarga qarab xarakterlanadi. Oʻzgaruvchilar ''erkli oʻzgaruvchilar'' va ''erksiz oʻzgaruvchilar'' boʻlib ikkiga boʻlinadi. Erkli oʻzgaruvchilar turli qiymatlarni erkin ola oladi. Erksiz oʻzgaruvchilar boʻlsa sistemadagi boshqa qiymatlar oʻzgarishi sabab oʻzgaradi xolos. Matematikada oʻzgaruvchilar odatda bir qismli belgilar bilan ifodalanadi. [[Fransiya|Farang]] [[falsafa|faylasufi]] [[René Descartes|Rene Dekart]]danDekartdan oʻrnak olib [[alifbo]] boshidagi harflar konstantalarni, alifbo oxiridagi harflar boʻlsa oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Masalan, ''a'', ''b'', ''c'' harflari odatda konstantalarni, ''x'', ''y'', ''z'' va ''t'' harflari oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. [[Tipografiya]]daTipografiyada konstantalar va oʻzgaruvchilar odatda [[kursiv]] bilan (qiya) yoziladi. ('''[[Oʻzgaruvchi|Davomi...]]''')<noinclude>
:[[Vikipediya:Yaxshi maqolalar|Arxiv]]
[[Category:Vikipediya:Yaxshi maqolalar]]</noinclude>