Arthur Harden: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

13-Mart 2013, 20:54 dagi koʻrinishi

GARDEN (Harden) Artur (1865. 12.10, Manchester — 1940. 17.6, Born-End, Bakingemshir) — ingliz biokimyogari. London tibbiyot profilaktikasi in-ti direktori (1907 y.dan) hamda London un-ti prof. (1912 y.dan). Asosiy ishlari biokimyo va enzimologiyaga bagʻishlangan. Koferment nikotinamidadenindinukleotid (NAD)ni kashf qilgan. Qandning fosforli efiri — geksozomonofosfatni topgan (1914). Bijgʻish jarayonini tezlashtiruvchi qator fermentlar — karboksilaza, katalaza, peroksidazalarni tekshirgan. Nobel mukofoti laureata (1929, G. K. A. S. Eyler-Xelpin b-n hamkorlikda).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil