Gelibolu: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

13-Mart 2013, 21:08 dagi koʻrinishi

Gelibolu, Gallipoli yarim oroli — Turkiyaning Yevropa qismidagi yarim orol. Saros qoʻltigʻi b-n Dardanel boʻgʻozi orasida. Uz. 90 km, eni 20 km gacha, eng baland joyi 374 m. Paleogen davrining qumtosh, gillaridan tuzilgan. Iqlimi subtropik. Oʻrta dengiz boʻyi oʻsimliklari oʻsadi. Eng yirik shahri va dengiz porti — Gelibolu (Gallipoli). 1-jahon urushi (1915) davrida G.da Dardanel operatsiyasi (Angliya b-n Fransiya Qora dengiz boʻgʻozlarini qoʻlga kiritish uchun G.ga desant tushirgan; biroq bu operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqqan) oʻtkazilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil