Gonduras: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 164 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q783 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Gonduras_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Gonduras''' (Honduras), Gonduras Respublikasi (Republica de Honduras) — Markaziy Amerikadagi, davlat. Shim. dan Karib dengizi, jan.-gʻarbdan Tinch okeanning Fonseka qoʻltigʻi oʻrab turadi. Mayd. 112088 km2. Axrlisi 6,2 mln. kishi (1999). Poytaxti — Tegusigalpa sh. Maʼmuriy jihatdan 18 departamentga, departamentlar okruglarga, okruglar munitsipiyalarga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. Gondurus—respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1965 y. 5 iyunda qabul qilingan; 1981 va 1982 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi—prezident. U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali ovozlarning oddiy koʻpchiligi b-n 4 y. muddatga saylanadi (ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas). Qonun chiqaruvchi hokimiyati bir palatali parlament — Milliy assambleya.
 
Tabiati. Sohili anchagina parchalangan. Karib dengizi gʻarbiy qirgʻogʻi boʻylab kambar, sharqiy qirgʻogʻi boʻylab kengroq (80 km gacha) pasttekislik, shim.-sharqi boʻylab esa botqoq pasttekislik (Moskit sohili) bor. G. hududining 2/3 qismi 2865 m balandlikkacha boʻlgan togʻliklardan iborat boʻlib, koʻpgina daryolarning vodiylari alohida massivlarni hosil qiladi. Foydali qazilmalardan kumush, oltin, rangli metallar va temir rudalari, surma, boksit bor. Iqlimi tropik passat, pasttekislik va vodiylarda issiq (yanv.ning oʻrtacha t-rasi 22—26°), togʻliklarda esa iliq (10—24°). Togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlarida yillik yogʻin 3000—5000 mm, jan.dagi vodiylarda qurgʻoqchil. Yirik daryolari — Ulua, Aguan, Patuka, Koko. Shim. da togʻlaterit, aksari ferralit tuprokli yerlarda 600—700 m balandlikkacha doimiy yashil sernam tropik oʻrmonlar, undan yuqorida dub, qaragʻay oʻrmonlari (hududining 63%) va savannalar bor. Jan.dagi togʻ-qizil tuprokli yerlarda sernam oʻrmonlar, vodiylarda kserofit butalar oʻsadi. Milliy bogʻlari: La-Tigra, Rio-Plateno.
 
Aholisining 90% ispan-indeys duragaylari, 6% indeyslar, 2% negrlar, 2% Yevropa mamlakatlaridan kelib Qolganlar. Rasmiy til — ispan tili. Shahar aholisi — 41,1%. Asosiy din — katolik dini. Yirik shaharlari: Tegusigalpa, San-Pedro-Sula, La-Seyba.
 
Tarixi. Qadim zamonlarda G. hududida indeys qabilalari yashagan. 16-a. gacha G. hududi Igueras yoki Ibueras deb atalgan. G. ni 1502 y. X. Kolumb ochgan. 1524 y.dan uni ispanlar bosib olishga kirishdi va 1525 y.da toʻla-toʻkis oʻziga boʻysundirdi. 16-a. oʻrtalarida G. Gvatemala general-kapitanligi tarkibiga kiritildi. Mahalliy xalq ispan zamindorlari va kon egalari tomonidan qattiq jabr-zulmga duchor boʻldi. Ogʻir mehnatga bardosh bera olmay qirilib ketgan indeyslar oʻrni Afrikadan keltirilgan qul negrlar b-n toʻldirilgan. G. xalqi 1821 y. 15 sent.da mustaqillikka erishdi. 1823—38 y.larda Markaziy Amerika Qoʻshma viloyatlari tarkibida boʻldi. 1824 y.da qullik bekor qilindi. 1839 y. G. respublikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilingan. Bu paytda chet el, ayniqsa, Buyuk Britaniya va AQSH kapitali G. iqtisodiyotiga kira boshladi. G. xalqining ogʻir mehnat sharoitiga qarshi koʻtargan gʻalayonlari (1905, 1907, 1911, 1912), xalq koʻzgʻolonlari AQSH qoʻshinlari tomonidan bostirildi. 1929—33 y.lardagi iktisodiy tanglik xalq ahvolini yanada ogʻirlashtirdi. Natijada 1931—32 y.larda bir necha marta xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 20-a. boshlaridan 80-y.lar oxirigacha G.da diktatorlik rejimlari va harbiy xuntalar hukmroshshk qildi. Nihoyat, 1997 y. 30 noyab.da boʻlib oʻtgan saylovda oʻrta va mayda ishbilarmonlarning G. liberal partiyasi rahbari Karlos Roberto Flores Fakusse gʻalaba qozondi va G. prezidenta etib saylandi; 1998 y. 27 yanv.da vazifasini bajarishga kirishdi. Milliy bayrami — 15 sent.— Mustaqillik kuni (1821).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. G. liberal partiyasi, 1891 y.da tuzilgan; G. milliy partiyasi, 1891 y.da asos solingan; Yangilanish va milliy birlik partiyasi, 1978 y.da tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1977 y.da tashkil etilgan; G. kommunistik partiyasi, 1954 y.da tuzilgan. G. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1964 y.da tashkil etilgan; G. dehqonlar milliy uyushmasi, 1962 y.da asos solingan; G. mehnatkashlari birlashgan federatsiyasi, 1981 y.da tuzilgan; G. erkin kasaba uyushmalari markaziy federatsiyasi, 1957 y.da tuzilgan.
 
Xoʻjaligi. G.— Lotin Amerikasidagi qoloq agrar mamlakatlardan biri. Iqtisodiyotining asosi — q.x. Iktisodiy faol aholining yarmidan koʻprogʻi q. x. da band. Yalpi ichki mahsulotning 23% ini qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik, 19% ini sanoat beradi. Asosiy ekinlari: banan, kofe, tamaki, shakarqamish, sholi, paxta, makkajoʻxori, loviya, tariq. Yaylov chorvachiligi rivojlangan: qoramol, choʻchqa, qoʻy, yilqi boqiladi. Tropik daraxt yogʻochlari tayyorlanadi. Baliq ovlanadi, Fonseka qoʻltigʻidan krevetka tutiladi. Sanoati zaif rivojlangan va mayda konchilik korxonalaridan iborat. Kumush, qoʻrgʻoshinrux rudalari, oltin qazib olinadi. Bir yilda oʻrtacha 1,1 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, neftni qayta ishlash, sellyuloza-qogʻoz korxonalari ham bor. T.y.larning uz. — 996 km, avtomobil yoʻllari uz.— 14,2 ming km. Tegusigalpa va San-Pedro-Sulada xalqaro aeroportlar bor. G. chetga banan, kofe, yogʻoch, dengiz mahsulotlari, qand-shakar, qalay, rux, kumush chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, oziq-ovqat, keng isteʼmol mollari, kimyo sanoati mahsulotlari, yoqilgʻi, oʻgʻit keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Germaniya, Yaponiya. Pul birligi — lempira.
 
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangʻich maktabda ham, oʻrta maktabda ham oʻqish muddati — 6 y. Q. h., texnika va tijorat maktablari bor. Tegusigalpa milliy un-ti, G. akademiyasi, geogr. va tarix akademiyasi, geogr. milliy in-ti, antropologiya va tarix in-ti, bir qancha ilmiy jamiyatlar, Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi, Tegusigalpada milliy muzey mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. G.da bir necha gaz. va jur,lar, jumladan, "Gaseta" (kundalik gaz., 1830 y.dan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gaz., 1964 y.dan), "Tribuna" ("Minbar", kundalik gaz., 1977 y.dan), "Tyempo" ("Vaqt", kundalik gaz., 1970 y.dan) gaz.lari, "Komersio" ("Savdo", 1970 y.dan) jur. chiqadi. G. milliy radiosi 1976 y., telekompaniyasi 1959 y. tijorat kompaniyasi tarzida tuzilgan.
 
Adabiyoti mustaqillik eʼlon qilingandan soʻng ispan tilida rivojlana boshladi. 19-a. shoirlari X. T. Reyes, T. Agilus, X. Sisneros va b. ispan mumtoz adabiyoti namunalariga ergashdilar. G. adabiyotidagi birinchi roman — "Anxelina"ni K. Gutyerros 1898 y.da yaratdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida atoqli adib F. Tursios modernizm ruhida roman va sheʼrlar yezdi. Shoir A. Gilyen Sela ijtimoiy muammolarni qalamga oldi, shoir va yozuvchi R. E. Valye vatanparvarlik mavzularida ijod qildi. 2-jahon urushidan keyin K. Barrera, X. Karkamo sheʼrlarida, K. Isagirre, R. Amador romanlarida ijtimoiy norozilik ohanglari yangradi.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. G.da 16-a.dan reja asosida shaharlar (Komayagua, Tegusigalpa) qurila boshladi, uylar bir qavatli boʻlib, 20-a. oʻrtalaridagina ayrimlari zamonaviy uslubda qurildi. 19-a. oxirlari va 20-a. boshlarida tarixiy, turmush koʻrinishlari mavzularida manzara, portret ishlovchi mahalliy rassomlar yetishdi (P. S. Syera, K. Suniga Figeroa). M. A. Ruis, X. A. Velaskes kabi rassomlar xalq hayotini, G. shahar va qishloqlari qiyofasini realistik aks ettirdilar. Yirik realist rassom A. Kanales oʻz asarlarida ishchi va dehqonlar hayotining mashaqqat va fojialarini yorqin koʻrsatib berdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Gonduras''' (Gonduras Respublikasi) poytaxti — [[Tegucigalpa]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
{{stub}}
Qator 8 ⟶ 33:
 
{{Link GA|eo}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}