Gulxan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

13-Mart 2013, 23:08 dagi koʻrinishi

"GULXAN" — adabiy-badiiy, bezaqli bolalar jurnali. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekistan Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati. Oyda 1 marta chiqadi. Dastlab "Yosh kuch" (1929 — 41) nomi b-n chiqqan, 1941 — 45 y.lardagi urush sababli jur.ni chop etish vaqtincha toʻxtatilgan. Soʻngra "Pioner" (1952 — 57) nomi b-n nashr qilingan. 1957 y.dan hoz. nomda. "G" sahifalarida Oʻzbekiston bolalari hayoti, ularning orzu-intilishlari, shuningdek, badiiy adabiyot, sanʼat, xalq ogʻzaki ijodi, turli sport oʻyinlari muntazam yoritilib boriladi. "Gulxan" kutubxonasi seriyasida bolalar ijodidan kitobchalar ham chiqariladi. Jur.ga turli y.larda Gʻani Jahongirov, Jumaniyoz Jabborov, Toʻlqin Kozoqboyev, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Abdulla Oripov, Safar Barno va b. muharrirlik qilishgan. Adadi 70000 (2002). Muharriri Omon Matjon (2002 y.dan).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil