Vladimir Dal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

14-Mart 2013, 19:26 dagi koʻrinishi

Dal Vladimir Ivanovich [adabiy taxallusi — Kazak Luganskiy; 1801.10 (22).11, Lugansk sh.— 1872.22.9(4.10), Moskva] — rus leksikografi, etnograf va yozuvchi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1838), faxriy akad. (1863). Derpt (hoz. Tartu) un-ti tibbiyot f-tini tugatgan (1829). Asosiy asari — "Jonli velikorus tilining izohli lugʻati" (1—4 jildlar; 1863—66) 200 mingga yaqin soʻzni oʻz ichiga olgan. D. birinchi boʻlib rus tili shevalarini tasnifladi ("Rus tili lahjalari haqida", 1852). "Rus xalqi maqollari"ni toʻplab nashr etdi (1861—62). Unda 30 mingdan ortiq maqol, matal va qochirim gaplar jamlangan. Bulardan tashqari, D. qissa, hikoya, ocherk va ertaklar muallifi.

Manbalar

  • Polnoye sobr. soch., t. 1 — 10, Sankt-Peterburg , 1897—98; Tolkoviy slovar jivogo velikorusskogo yazika, t. 1—4, M., 1981; Poslovitsi russkogo naroda, M, 1957.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil