Dante Aligyeri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 136 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q1067 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 18:
| Sayt =
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Dante Aligyeri''' (Dante Alighieri) (1265.5, Florensiya - 1321.14.9, Ravenna) — italyan shoiri. Qad. dvoryan naslidan. Dastlabki "Yangi hayot" (1292) asari sevgilisi Beatrichega bagʻishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. 90-y. lar oxirida hukmron gvelflar partiyasi "oqlar" va "qoralar"ga ajralib chiqqach, Florensiyada hokimiyat "qoralar" qoʻliga oʻtadi. Oʻsha paytda Rimda boʻlgan "oqlar" vakili D.ning mol-mulki musodara etilib, oʻzi oʻlimga hukm etiladi. Shundan keyin D. Florensiyadan chiqib ketadi (1302) va umrining oxirigacha darbadarlikda yashaydi, siyosat b-n shugʻullanmaydi. D. falsafiy ruxdagi "Bazm" (1308), "Monarxiya haqida" (1313), "Yer va suv haqida" (1320) risolalarida gumanistik qarashlarni ilgari suradi, davrning muhim ijtimoiyaxloqiy muammolariga javob izlaydi. Jumladan, "Monarxiya haqida" asarida D. butun jaxrn monarxiyasini yer yuzidagi odamlarning farovonligini taʼminlaydigan adolatli davlat shakli sifatida himoya qiladi.
 
"Komediya" D. ijodining choʻqqisidir (1307—21). Keyinroq bu doston "Ilohiy komediya" deb ham yuritilgan. D. vafotidan soʻng qoʻshilgan "ilohiy" soʻzi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Doston 3 qism ("Doʻzax", "Aʼrof", "Jannat") dan iborat. Har bir qismda 33 ta qoʻshiq bor. Doston D.ning shoir Vergiliy yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl Sharq obidasi "Merojnoma" syujetini eslatadi. "Komediya" anʼanaviy diniy syujet asosida boʻlsada, undagi gumanizm magʻzini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. D. asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. "Komediya"ning "Doʻzax" qismidagi 4-qoʻshiqda jahonning buyuk donishmandlari Demokrit, Fales, Geraklit, Evklid, Ptolemey, Gippokratlar qatorida Sharqning ulugʻ mutafakkirlari Ibn Sino va Ibn Rushdlar tilga olinadi. Qoʻshiqda qad. Turon podshosining qizi, afsonaviy baliq tanli sarkarda ayol Semiramida, Misr malikasi Kleopatra faoliyatiga munosabat bildiriladi. "Aʼrof"da massagetlar malikasi Toʻmaris qaxramonligi tasvirlangan. "Ilohiy komediya" badiiy yuksak boʻlishi b-n birga, kishilik jamiyati taraqqiyotida yigʻilgan bilimlarning boy xazinasidir. D. Sharq va Gʻarb tafakkuri mevalarini omuxta etgan. Muallif Sharq donishmandlari Ibn Sino, Ahmad Fargʻoniy, Abu Mashʼar, Muhammad Xorazmiy va b.ning asarlaridan foydalangan.
 
D. italyan adabiy tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Uning dostoni uslubida oddiy xalq tili oliy tabaqa kishilari tiliga xos tantanavorlik, rangbaranglik va dramatizm b-n uygʻunlashib ketgan. D. oʻz davridagi ijodkorlardan farqli oʻlaroq butun italyan millati nomidan gapirib, uning asriy orzu-armonlarini ifodalagan. Shuning uchun ham uni oʻrta asrning soʻnggi shoiri va ayni paytda, yangi davrning birinchi shoiri, deyishadi. D. ijodi italyan adabiyoti va butun Yevropa madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Shoir ijodi adabiyotshunos olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. D. asarlari jahon xalqlarining koʻpgina tillariga tarjima qilingan. "Ilohiy komediya" dostonining "Doʻzax" qismi oʻzbek tilida Abdulla Oripov tarjimasida nashr etilgan (1978).
 
== Manbalar ==
* Bojestvennaya komediya, M., 1961.
 
== Adabiyot ==
* Golenishev-Kutuzov I ., Tvorchestvo Dante i mirovaya literatura, M., 1971; Komilov N., Ibn Sino va Dante, T., 1983; Sulaymonova F., Sharq va Gʻarb, T., 1997; Komilov N., Tafakkur karvonlari, T., 1999.
 
Najmiddin Komilov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[[Tasvir:DanteFresco.jpg|thumb|right|200px|Dante 1450-yil freskasida. ([[Uffizi|Uffizi galereyasi]])]]
 
Qator 50 ⟶ 67:
 
{{Link FA|sl}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}