Daraxt: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Daraxt (maʼnolari)}}
'''Daraxt''' — tana va shoxlari yogʻochlangan koʻp yillik oʻsimlik. D.lar boʻyiga qarab 3 guruhga: 1) 35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qaragʻay); 2) 25—35 m (qayragʻoch, yongʻoq, oq qayin, tol, qatrangʻi); 3) 25 m gacha (zarang , chetan, shumurt va b.) boʻlinadi. Mevali D.lar ham shakliga qarab 3 guruhga: 1) shoxshabbasi koʻp, baland boʻlib oʻsadigan (nok, gilos, yongʻoq, olmaning ayrim navlari); 2) tanasi koʻrimsiz, ildiz bachkilaridan ham koʻpayadigan boʻyi past (shaftoli, olmaning pakana xillari, olcha va olxoʻrining ayrim turlari va b.); 3) birinchi va ikkinchi guruh oraligʻidagi oʻrta boʻyli D.lar (olma va oʻrikning koʻpchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari)ga boʻlinadi. D.larning doim yashil va barglarini har yili kuzda toʻkadigan xillari ham bor. Doim yashil D. barglari vaqt-vaqti b-n toʻkilib, oʻrniga yangisi chiqaveradi.