Dizel Rudolf: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
14-Mart 2013, 20:49 dagi koʻrinishi
DIZEL (Diesel) Rudolf (1858.18.3, Parij — 1913.29.9, La-Mansh) — nemis ixtirochisi. Myunxendagi Oliy politexnika maktabini bitirgan (1878). Yonilgʻining siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizel)ni yaratgan. D. oʻz dvigateli uchun 1892 y.da patent olgan. Bu b-n D. ideal Karno siklita yaqin boʻlgan siklda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish gʻoyasini ilgari surdi; bunda toza havoni 25 Mn/m2 (250 kgkuch/sm2)gacha siqib eng yuqori t-raga erishdi. Bir kadar takomillashtirilganidan keyin (1897) dvigatel arzon yonilgʻi (neft mahsuloti) b-n puxta ishlaydigan va transportda keng qullaniladigan boʻlib qoldi.
Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |