Diofant tenglamalari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

14-Mart 2013, 20:58 dagi koʻrinishi

Diofant tenglamalari - ikki yoki undan koʻp nomaʼlum qatnashgan, koeffitsiyentlari butun sonlar boʻlgan algebraik tenglamalar; bunda butun yoki ratsional sonlardan iborat yechimlari izlanadi. Birinchi darajali D. t.ning umumiy nazariyasini 17-a.da yashagan fransuz matematigi Bashe yaratgan. Ferma, Eyler, Lagranj va Gauss tadqiqotlari natijasida 19-a. boshlarida ikkinchi darajali D. t. asosan tekshirilgan edi. D. t.ni tekshirish usullari uzluksiz kasrlar nazariyasiga asoslangan. D. t. deganda nomaʼlumlari soni tenglamalari sonidan koʻp bulgan butun koeffitsiyentli algebraik tenglamalar sistemalari ham tushuniladi. D. t., baʼzan, aniqmas tenglamalar deb yuritiladi.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil