Viloyat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Viloyat''' — maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek [[Oʻrta Osiyo]] xonliklari viloyatlarga boʻlingan. [[1924-yil]] shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.— Sirdaryo, Samarqand, Fargʻona, Zakaspiy (Turkmaniston), Yettisuv, Amudaryo V.lari, bir qancha uyezd va volostlardan tashkil topgandi. XXSR esa 3 Viloyat va Xiva tumaniga, BXSR 15 Viloyatga boʻlingandi. Viloyat oʻz navbatida tumanlarga, tuman esa keshlarga boʻlingan. [[1925-yil]] 13-yanvardan uyezd deb yuritila boshladi. Keyinchalik ruscha "oblast" nomi bilan qayta tashkil etildi. [[Oʻzbek tili]] davlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy maʼmuriy-hududiy birlik nomi sifatida "Viloyat" soʻzi qayta tiklandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi (1992) Konstitutsiyasida (68-modda) Oʻzbekistan Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iboratligi mustahkamlab qoʻyilgan. Hozir OʻzR da 12 viloyat bor. Viloyatlar oʻz navbatida tumanlarga boʻlinadi. Viloyatlar chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek yangi Viloyatlar tashkil qilish, ularni tugatish OʻzR Oliy Majlisi roziligi bilan amalga oshiriladi. Viloyatlarda OʻzR Konstitutsiyasi boʻyicha hokim boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashi hokimiyatning vakillik organidir. Bu kengash davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab, oʻz vakolatiga taalluqli masalalarni hal etadi. Viloyat xalq deputatlari kengashi va V.Viloyat hokimlarining vakolat muddati — 5 yil. Viloyat hokimlari Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimlari oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradi, oʻzlari rahbarlik qilayotgan organning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir (yana q. [[Hokim)]].
 
== Adabiyotlar ==