Yevratom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"Yevratom — k. Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamkorligi. Yevripid, Evripid (YeiprShek), (taxm. mil. av. 480, Afina — mil. av. 406, Makedoniya) —..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

16-Mart 2013, 14:04 dagi koʻrinishi

Yevratom — k. Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamkorligi. Yevripid, Evripid (YeiprShek), (taxm. mil. av. 480, Afina — mil. av. 406, Makedoniya) — yunon shoiri, dramaturg. Ijodini sheʼriyatdan boshlagan. Afinalik uch bukj fojianavis (Esxil, Sofokl)ning soʻnggisi. Jami 92 pesa yozgan, shundan 17 fojia va bir hajviy dramasi bizgacha etib kelgan („Kiklop“). Ular mifologik syujet asosida yaratilgan boʻlsada, inson shaxsi asosiy oʻrinda turadi. Yevratom ijodi Afina davlat-shahar sifatida tanazzulga uchragan va axloqiy meʼyorlar inqirozi yuz bergan yillarda shakllangan boʻlib, mifologiya, axloqiy va anʼanaviy tartiblarga tanqidiy munosabati bilan ajralib turadi. U dramatik voqealar tasvirida koʻpincha falsafiy munozara yoki sud muzokaralari ohangiga xos mulohaza yuritganki, bunda oʻta ratsionalizm ruhiy holatlarning chuqur tasviri bilan qoʻshilib ketadi („Vakxanka“, „Gerakl“). Yevratom dramaturgiyasining obʼektiv mazmuni Afina demokratiyasi dunyoqarashi anʼanalariga keskin ziddir. Afinada oʻsha davrda yuz bergan ijtimoiy oʻzgarishlar Yevratomning inson shaxsiyati, uning ichki dunyosiga kizikishi kuchayishiga olib keldi. Yevratom asarlarida maishiy unsurlar tasviriga zoʻr berish, kishilarning shaxsiy taqdiriga qiziqish kabi antiq fojiaga xos boʻlmagan xususiyatlar mavjud („Medeya“, „Ippolit“). Yevratom ijodi Yevropa dramaturgiyasiga samarali taʼsir koʻrsatgan[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil