Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 30 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q488981 (translate me)
Katta tahrir
Qator 1:
[[Файл:Vladimir Putin 23 May 2001-1.jpg|thumb|220px|Putin va [[Lemer, Jan|Jan Lemer]], [[2001]] ]]
'''Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki''' (''[[ingliz tili|inglizcha]]'' ''European Bank for Reconstruction and Development'') - qator mamlakatlarda [[bozor iqtisodiyoti]]ni rivojlantirish uchun [[investitsiya]]lar ajratuvchi xalqaro tashkilot.
'''Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki''' (''[[ingliz tili|inglizcha]]'' ''European Bank for Reconstruction and Development'') — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, [[MDH]] ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. [[1990-yil]]da 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablagʻ bilan tashkil etilgan. [[1991-yil]]dan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi [[London]]da. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki [[bozor]] iqtisodiyotiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; tadbirkorlikni rivojlantirish; islab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga koʻmaklashadi. Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60 % xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor korxonalariga, 40 % infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yoʻnaltiriladi. [[1997-yil]]da bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln. ekyuni tashkil etdi. [[Oʻzbekiston]] [[1992-yil]] boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili [[Toshkent]] shahrida uning vakolatxonasi ochildi. [[1993-yil]]dan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. [[1994-yil]] 10-yanvarda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy garov shartlarini bekor qildi.
 
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va [[Toshkent xalqaro aeroporti]]ni taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi.
*[http://www.ebrd.com/ EBRD web sahifasi]
Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar ==
{{Reflist}}
{{bank-stub}}
 
== Havolalar ==
* [http://www.ebrd.com/ EBRD web sahifasi]
 
{{stub}}
[[Turkum:Halqaro Tashkilotlar]]
[[Turkum:IqtisodiyotYevropa Ittifoqining iqtisodi]]