Andoza:Tanlangan maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:Encyclopædia Britannica, 1993.jpg|nothumb|200px|right|„Encyclopædia Britannica“]]
'''[[Britaniya imperiyasi]]''' ({{lang-en|British Empire}}) — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlat. XX-asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni, 41,2 mln. km² (shundan 8 mln.i aholi yashamaydigan yerlar) maydonni egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi [[Yer|yer shari]] aholisining choragiga teng boʻlgan. Aynan Pax Britannica natijasi sababli [[ingliz tili]] transport va savdo sohasidagi boshqa tillar orasida yetakchi til hisoblanadi. Britaniya imperiyasi Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha boʻlib, u 1870-yillardan boshlab rasman qoʻllanila boshladi. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — [[Irlandiya]] (XII asrlar), [[Shimoliy Amerika]] ([[Virginiya]]) (1607), [[Gollandiya]] va Shimoliy Amerikadagi boshqa hududlar (1652-54; 1665-67 va 1672-74), [[Portugaliya]] va uning mustamlakalari (XVII asr oʻrtalari), [[Ispaniya]] mustamlakalari, [[Kanada]], Shimoliy Amerikaning qolgan qismi (1756—63), [[Bengaliya]] (1757), [[Malta]], Seylon (1814—15), [[Hindiston]], [[Avstraliya]], [[Yangi Zelandiya]], [[Janubiy Afrika]] (XIX asr 1-yarmi), Syangan ([[Gonkong]]) oroli (XIX asr 2-yarmi), [[Kipr]] (1878), [[Birma]] (1885), [[Iroq]], [[Falastin]], Transiordaniya, Tanganika, [[Togo]] va [[Kamerun]]ning bir qismi (1914—18) va boshqalar kirgan edi. XX asrda mustamlaka tizimining parchalanishi jarayonida Britaniya imperiyasi oʻrnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar ittifoqi — Britaniya millatlar hamdoʻstligi tushunchasi paydo boʻldi. ('''[[Britaniya imperiyasi|Davomi...]]''')<noinclude>
„'''[[Encyclopædia Britannica]]'''“ — [[ingliz tili|inglizcha]] universal [[ensiklopediya]]. Encyclopædia Britannica, Inc. kompaniyasiga qarashlidir. Ensiklopediyani 100 ga yaqin muharrir yozadi va muntazam yangilab turadi. Bundan tashqari, 4 000 dan oshiq odam hissa qoʻshib turadi. Bular orasida 110 [[Nobel mukofoti]] sovrindori va besh [[AQSh prezidenti]] bor. „Encyclopædia Britannica“ ingliz tilidagi eng ilmiy ensiklopediyalardan biri hisoblanadi. „Britannica“ hali ham chiqarilayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768- va 1771-yillar orasida Edinburgda uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801-1810) jildlar soni 20 ga yetdi. Ensiklopediyaning obrusi koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875-1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy va yozilish uslubi jihatdan yuqori darajada baholanadi. 11-nashrga kelib „Britannica“ni [[AQSh|Amerika]]da joylashgan kompaniya sotib oldi. Bundan soʻng [[Shimoliy Amerika]] bozoriga moslashtirilib ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi va maqolalar soddalashtirildi. 1933-yil „Britannica“ ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlashni kiritdi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi. ('''[[Encyclopædia Britannica|Davomi...]]''')<noinclude>
:[[Vikipediya:Tanlangan maqolalar|Arxiv]]
[[Turkum:Vikipediya:Tanlangan maqolalar]]</noinclude>