Said Ahmad: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
'''Said Ahmad''' Mashhur oʻzbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) 1920 yilning 10 iyunida [[Toshkent]] shahrining «[[Samarqand darvoza]]» mahallasida tugʻilgan.
 
Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.

[[Image:Said_Ahmad.jpg |thumbnail|width:400px|right]]
|thumbnail|width:400px|right|<div style="text-align: center;">
'''Said Ahmad'''
</div>
<br><div style="text-align: center;">
'''([[06.10.1920]])-([[12.05.2007]])'''
</div></br>]]
 
U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat oʻqigach, 1941 yilda «[[Mushtum]]» jurnalida ishladi. 1942—1943 yillarda respublika radiosida, 1943—1947 yillarda «[[Qizil Oʻzbekiston]]» gazetasida, 1948—1950 yillarda «[[Sharq yulduzi]]» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999 yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan.
 
Qator 12 ⟶ 21:
Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «[[Qadrdon dalalar]]» (1949), «[[Hukm]]» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan «[[Qirq besh kun]]» (1974) «[[Hijron kunlari]]» (1964), «[[Ufq boʻsagʻasida]]» (1969) romanlaridan iborat «[[Ufq]]» trilogiyasi, inson qismati turgʻunlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan «[[Jimjitlik]]» (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan «[[Sherzod va Gulshod]]» (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan «[[Kelinlar qoʻzgʻoloni]]» (1976), yolgʻiz moʻysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan «[[Kuyov]]» (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.
 
Said Ahmad [[2007 yilning 5 dekabr]] kuni 87 yoshida vafot etdi.
 
== Adabiyotlar ==