Hamid Olimjon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Removing all content from page
Undo revision 136352 by 88.112.230.193 (Talk)
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_7=yorit}}
 
'''Hamid Olimjon''' (1909—1944) Isteʼdodli shoir. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida tahsilni [[Samarqand]]dagi pedakademiyada davom ettirgan. «[[Koʻklam]]» nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1928 yilda bosilib chiqqan. Sheʼrlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi.
 
«[[Holbuki, tun]]», «[[Ofeliyaning oʻlimi]]», «[[Qamal qilingan shahar tepasidagi oy]]», «[[Ishim bordir oʻshal ohuda]]» singari goʻzal sheʼrlari mashhur. «[[Oygul bilan Baxtiyor]]» (1937), «[[Semurgʻ]]» (1939), «[[Zaynab va Omon]]» (1938) kabi dostonlar va «[[Muqanna]]» (1942), «[[Jinoyat]]» (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
 
 
== Nashr etilgan asarlari ==
* Mukammal asarlar toʻplami (5 jildlik). [[Toshkent]], «[[Fan]]», 1975—1984.
 
 
== Ilmiy adabiyotlar ==
* Karimov N. Hamid Olimjon. [[Toshkent]], «[[Yosh gvardiya]]», 1990.
* Karimov N. Hamid Olimjonning poetik mahorati. [[Toshkent]]. «[[Fan]]», 1964.
* Mamajonov S. Shoir dunyosi. [[Toshkent]]. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1972.
* Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: «[[Oʻqituvchi]]», 1999.
* Abdurahonov A. Alangaga aylangan uchqun. «[[Kamalak]]» adabiy-tanqidiy ilmiy toʻplamda. -T. 1990.
 
{{pass}}{{complete}}
 
[[Category:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]