Prussiya qirolligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MKattaev (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
MKattaev (munozara | hissa)
Qator 189:
Vena kongressidan ellik yil oʻtgach Nemis ittifoqida yagona nemis davlati tuzish va kichik nemis qirolliklari tuzumini saqlab qolish tarafdorlari oʻrtasida muammo kelib chiqdi. 1834-yilda Avstriya imperiyasi kiritilmagan Germaniya bojxona ittifoqining tuzilishi ({{lang-de|Zollverein}}), aʼzo davlatlarda Prussiya taʼsirini kuchaytirdi. 1848-yilgi inqilob natijasida Frankfurt parlamenti qirol Fridrix Vilgelm IVga Germaniyani Prussiya atrofida birlashtirish taklifini berdi. Fridrix VIlgelm inqilobchilar qirollik tojini taklif qilishga huquqlari yoʻq deya bu taklifdan voz kechdi. Lekin bu inkorning boshqa sababi bor edi: oʻsha vaqtlarda Avstriya va Prussiya oʻrtasidagi ichki kurash davom etayotgandi. Germaniyaning tuzilishi Prussiyani Avstriya bilan urushtirib qoʻyardi.
 
1848-yilda Daniyaning Shlezvig va Golshteyn gersogliklarigagersogliklaridagi boʻlgankekin harakatlariboshqaruvi Daniya va nemis ittifoqi oʻrtasidagi Birinchi Shlezvig urushiga (1848-1851) sabab boʻldi. Urushda Daniya magʻlub etildi, lekin Prussiya tashqi bosim ostida ikkala gersoglikdan voz kechishga majbur boʻldi.
 
1862-yilda Otto fon Bismark qirol Vilgelm I tomonidan Prussiya bosh vaziri etib saylandi. Bismark german davlatlarini Prussiya qoʻl ostida birlashtirishga qatʼiy ahd qilgandi va bu maqsadga yetishtirgan uch urush davomida Prussiyani boshqardi.
Qator 200:
Bu yangi davlatda Prussiya yetakchi boʻlib, uning hududlarining beshdan toʻrt qismiga ega edi. Uning yetakchiligi Bismark tomonidan tuzilgan konstitutsiyada mustahkamlangan edi. Ijro hokimiyati prezidentlikka yuklatilib, nomiga pruss qiroliga tegishli edi. Kansler faqat qirolgagina hisobot berardi. Shuningdek, ikki palatali parlament ham tuzildi. Quyi palata, yoki [[Reyxstag]] umumxalq erkaklar ovozlari bilan saylanardi. Yuqori palata, yoki [[Bundesrat (Germaniya)|Bundesrat]] hukumat tomonidan tayinlanardi. Bundesrat Reyxstagdan kuchliroq hisonlanardi. Prussiya ittifoqdagi 43 ovozdan 17tasiga ega boʻlib, ittifoqda yetakchi kuch edi. Janubiy olmon davlatlari (Avstriyadan tashqari) Prussiya bilan harbiy ittifoq tuzishga majbur boʻlishdi. Bismark bu yoʻlni Germaniyani birlashtirishning oson yoʻli deb hisobladi. Qirol Vilgelm Avstriyani egallashga ahd qilgan boʻlib, Bismark uni bu fikrdan qaytardi. Bismark Avstriya kelajakda nemis ishlariga aralashishini xohlamagandi. Shuningdek, u Avstriyani kelajakda kerakli ittifoqdosh boʻladi deb hisobladi.
 
Germaniyaning birlashtirishning ohirgi bosqichi Bismark boshchiligida Prussiya imperator Napoleon III boshchiligidagi Fransiyaga qarshi eʼlon qilingan [[Fransiya-Prussiya urushi]] (1870-yil) boʻldi. Avstriya-Prussiya urushidan soʻng kelisha olish olish qobiliyatlari kuchaygan olmon davlatlari birgalikda oʻz askarlarini tezda toʻplab, Fransiyani magʻlub etishdi. Bu pruss gʻalabasi tufayli Parij yaqinidagi Versal qasrida Vilgelm 18-yanvar 1871-yilda (birinchi pruss qiroli Fridrix Iga toj kiydirilganidan roppa-rosa 170 yil oʻtgach) fransuz poytaxti qamal qilinayotgan bir paytda German imperiyasi imperatori deb eʼlon qilindi.
 
=== 1871—1918: Prussiyaning oʻsishi va qulashi ===