Prussiya qirolligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MKattaev (munozara | hissa)
MKattaev (munozara | hissa)
Qator 194:
 
Bu uch urushdan birinchisi 1864-yilda Avstriya yordamida Prussiya tomonidan boshlangan [[Ikkinchi Shlezvig urushi]] edi. Daniya magʻlubiyatga uchrab Shlezvig va Golshteynni mos ravishda, Prussiya va Avstriyaga berdi.
Shlezvig va Golshteynni boʻlishishdagi muammolar Prussiya va Avstriya oʻrtasidagi yetti haftalik [[Avstriya-Italiya-Prussiya urushi|urushga]] (1866-yil) olib keldi. Bu urushda Prussiya Italiya qirolligi va koʻplik shimoliy-german davlatlarini bilan ittifoqda Avstriya imperiyasiga qarshi urushdi. Avstriya ittifoqi magʻlub etilib, [[Gannover qirolligi]], [[Gessen buyuk gersogligi]], [[Nassau gersogligi]] va [[Frankfurt erkin shahri]] kabi nemis davlatlari Prussiyaga qoʻshib olindi. Bu gʻalabaning eng muhim natijasi Prussiyaning reyndagiReyndagi hududlari qirollikning asosiy qismi bilan birlashtirilganligi boʻldi. Urushga sabab boʻlgan Shlezvig va Golshteyn Prussiya boshqaruvi ostiga oʻtdi. Ayni shu paytda Prussiya oʻzining eng katta holatiga yetib, Germaniyaning uchdan ikki qismini egalladi va shu chegaralarda [[1918-yil]]gacha qoldi.
 
Urush natijalariga koʻra Olmon ittifoqi tugatilib, uning oʻrniga Prussiya 1867-yilda Mayn daryosining shimolidagi 21ta davlatni birlashtirgan [[Shimoliy Germaniya ittifoqi]]ni tuzdi.