Prussiya qirolligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MKattaev (munozara | hissa)
MKattaev (munozara | hissa)
Qator 143:
{{Asosiy|Sileziya urushlari}}
 
1740-yilda Fridrix II taxtni egalladi. U 1537-yilgi shartnomani bahona qilib, Fridrix Sileziyaga bostirib kirib, avstriya[[Avstriya vorisligi uchun urushniurush]]ni boshladi. Bu shartnomaga koʻra Sileziya hukmdorlari Pyastlar sulolasida davomchi tugasa bu hudud Brandenburgga oʻtishi kerarkerak edi. Sileziyaning tezda egallanishidan soʻng Prussiya Avstriya ersgersoginyasiersgersogi Mariya Tereziya bilan ittifoq tuzish harakatiga tushib, buning evaziga Sileziyani talab qildi. Taklif rad etildi, lekin Avstriya koʻplab yangi raqiblarga duch kelganligi sababli 1742-yilgi Berlin bitimiga binoan Sileziya Prussiyaga oʻtdi.
 
Avstriya koʻpchilikni hayratda qoldirib, urushni yangiladi. 1744-yilda Fridrix Bogemiyaga bostirib kirdi. U muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Avstriyaga bosimi sababli 1748-yilda [[Ikkinchi Axen bitimi]] imzolandi. Bunga koʻra Sileziyaning katta qismi Prussiyaga berilishidan tashqari hech qanday hududiy oʻzgarishlar roʻy bermadi.
Qator 149:
Urushda obroʻsini yoʻqotgan Avstriya Fransiya va Rossiya bilan ittifoq tuzish harakatiga tushdi. Prussiya esa Buyuk Britaniya bilan ittifoq tuzishda bir qancha muammolarga duch keldi.
 
1756-1757-yillarda Fridrixning ikkinchi marta Saksoniya va Bogemiyada bostirib kirishi [[Yetti yillik urush]] boshlanishiga sabab boʻldi. Prussiya armiyasi bu urushda Yevropaning koʻplab buyuk davlatlari armiyalariga qarshi urushib katta obroʻ topdi. Bu urushda Rossiya, Fransiya, Avstriya va Shvetsiya ittifoqiga qarshi Prussiya, Buyuk Britaniya va Gannover ittifoqi qarshi kurashdi. 1760-yilning oktabrida ruslar vaqtinchalik Berlin va [[Kengsberg]]ni egallashganda Fridrix oʻz hududlariga boʻlgan jiddiy bosqin xavfini oldini oldi. Vaziyat qirollik uchun yomonlashishda davom etdi, lekin imperatorrus ayolimperatori YelizavettaYelizaveta Petrovna vafotidan soʻng vaziyat tezda oʻzgardi. Ittifoqga Pyotr III boshchiligida Rossiya qoʻshilgach sharqiy xatarning oldi olindi. Huddi oʻsha paytda urushdan Shvetsiya chiqdi.
 
Prussiya [[Burkersdorfdagi jang]]da Avstriya armiyasini magʻlub etgach, qitʼada tinchlik oʻrnatildi. Bu natija Prussiyani nemis davlatlari orasida yetakchi qilib, qirollikni Yevropaning buyuk davlatlaridan biriga aylantirdi. Qirollikning qariyb yoʻq boʻlib ketishi xavfini koʻrgan Fridrix shundan soʻng bironta ham urush boshlamadi.