Mazhab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MrErgashev (munozara | hissa)
MrErgashev tomonidan qilingan 1368683 tahriri qaytarildi (mun.)
Qator 6:
Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur [[huquqshunos]]lar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar.
Shariat qonunlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan barcha qonunshunoslar [[Qur’on]] ko‘rsatmalariga va [[hadis]]larga asoslanib ish ko‘rganlar, ammo printsiplarni va qonunlarni taʼriflashda harfxo‘rlik bilan ratsionalizm xususida, sabr-qanoat bilan mutassiblik xususida kelisha olmaganlar.
[[File:Madhhab Map2.png|thumb|left|300px|Mazhablar:<br />'''Sunniylik''': Hanafiya, Molikya, Shofiya, Xanbaliya<br />'''Shialik''': Jaʼfariya, Zaydiya, Ismoiliya, Xorijiya<br />'''Ibodiylik''']]
 
== Tarix ==
Qator 71:
 
=== Xorijiya ===
Xorijiylar — Ali bilan Muoviya tarafdorlari o‘rtasida halifalikda hokimiyat uchun kurash jarayonida tashkil topgan islomdagi dastlabki '''diniy-siyosiy guruh''' izdoshlari. Siffin yaqinidagi jangda (657-yilda) Ali hakamlar sudi o‘tkazishga rozi bo‘lgan. Alining yo‘lboshchiligidan ixlosi qaytgan 12 ming jangchi undan yuz o‘girib, Xarura degan qishloqqa ketib qolganlar (shuning uchun ham ularni dastlab '''xaruriylar''' deb ataganlar). Xorijiylar Alini [[661]]-yilda o‘ldirgunlariga qadar, unga qarshi qurolli kurash olib borganlar. Ular Muoviyaga ham qarshi xuddi shunday shafqatsiz kurash olib borganlar. Xorijiylar taʼlimoti ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan ham va islomning asosiy aqidalarini talqin qilishda ham yaxlit taʼlimot bo‘lmagan. Musulmon ilohiyotchilarining hisoblashicha, xorijiylarning 20 ga yaqin sektalari bor. Xorijiylar oliy hokimiyat masalasida halifa saylanib qo‘yilishi kerak, degan taʼlimotni ilgari surgan sunniylarga ham, imomatning ilohiy tabiatini tan olgan shialarga ham qarshi turganlar.
 
Din masalasida xorijiylar islomning „sofligi“ tarafdori bo‘lganlar va diniy kursatmalarga katʼiy rioya kilganlar.
 
== Ibodiylik ==
Ibodiylar, abodiylar — xorijiylar ichidagi kichik sekta tarafdorlari. VII-asrning 2-yarmida yashagan Abdulloh ibn Ibod (Abod) asos solgan. Ibodiylar xorijiylar ichidagi fanatik kichik sektalar (mas., azrakiylar)ning barcha g‘oyaviy dushmanlarini kofir hisoblab, o‘ldirish printsipiga qarshi chiqqanlar. Ular o‘z ko‘zg‘olonlari bilan abbosiylarning hokimiyatni egallashlariga yordam berganlar. Hozir [[Shimoliy Afrika]]da, [[Ummon]], [[Zanjibar]]da Ibodiylar jamoalari mavjud. Ular diniy eʼtiqod va marosimlarga xos ayrim xususiyatlari bilan sunniylik, shialik va boshqa oqim, sektalardan farq qiladilar.
 
== Havolalar ==
* Branon Wheeler, [http://books.google.com.pk/books?id=slLpouSlzPcC&printsec=frontcover&source=gbs_atb Applying the Canon in Islam: The Authorization and Maintenance of Interpretive Reasoning in Ḥanafī Scholarship], [[SUNY Press]], 1996
 
{{Religion-stub}}
 
[[Turkum:Dinlar]]