Yogʻoch: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:q287 sahifasida saqlanadigan 103 intervikini koʻchirdi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[File:Reaction Wood of Picea Abies.jpg|thumb|250px|right|Daraxt tanasining koʻndalang kesilgani]]
[[File:Gelugu (coconut wood) in Klaten, Java.jpg|thumb|250px|right|Kokos palmasi ustunlari]]
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Yogʻoch''' — 1) ksilema — suv va unda erigan tuzlarni daraxt ildizidan barg va b. organlarga oʻtkazuvchi yogʻochlangan devorli hujayralardan iborat oʻsimlik toʻqimasi. Yo. massasining 95% ini hujayra qobigʻi tashkil etadi; qobiq, asosan, sellyuloza (43—56%) va lignin (19—30%) dan iborat. Yo. daraxtsimon oʻsimliklar tanasi, ildizlari va shoxlarining asosiy qismi hisoblanadi. Oʻzakli va poʻstloq osti qatlamli turlarga boʻlinadi. Oʻzakli turlari (qaragʻay, tilogʻoch, dub va b.) oʻzaklari birbiridan rangi b-n farqdanadi va markaziy qism deb ataladi, chekka zonasini esa poʻstloq osti qatlami deyiladi. Poʻstloq osti qatlamli turlar (zarang , qayin va b.)ning markaziy qismi chetki qismidan farq qilmaydi. Yo.ning fizik xossalari tashqi koʻrinishi (rangi, yaltirashi, teksturasi), zichligi, namligi, gigroskopikligi (nam oʻtkazishi), issiqlik sigʻimi va b. xossalari b-n ifodalanadi; 2) har xil daraxt jinslaridan olinadigan qurilish materiali. Yo. olinadigan daraxt jinslari bargli va ignabargli jinslarga boʻlinadi. Bargli jinslarga dub, shumtol, zarang , nok, qayin, terak, qayragʻoch, yongʻoq, argʻuvon va b., ignabargli jinslarga qaragʻay, archa, tilogʻoch, kedr, pixta va b. daraxtlar kiradi. Yo. daraxtning kimyoviy va tabiiy xususiyatlarini oʻzida saqlaydi. Asosan, daraxt tanasidan tayyorlanadi; daraxtning shoxshabbalaridan ham foydalaniladi. Yo. dumaloq gʻoʻla, xoda, taxta, faner, toʻrtburchak brus, yogʻoch plitalar, shpal, reyka va b. koʻrinishda ishlatiladi. Yo. ishlov berilgan va ishlov berilmagan xillarga boʻlinadi. Daraxtni agʻdarib, shoxlarini butab, tanasini maʼlum uzunlikda (3 m dan 7,5 m gacha) qirqib, poʻstlogʻini shilib tayerlanadigan dumaloq gʻoʻla, xoda ishlov berilmagan Yo. hisoblanadi. Yo.ning boshqa turlari (taxta, faner va b.) shu dumalok, Yo.ni arralab, tilib, yoʻnib, randalab, silliqlab olinadi. Bular ishlov berilgan Yo. hisoblanadi. Yo. qurilishda, mebelsozlikda, xalq amaliy sanʼatida (beshikchilik, sandiqchilik, cholgʻu asboblari yasash va b.), kimyo sanoatida, konchilikda, energetika, koʻpriksozlikda, qoplamapardozlash materiali, sellyuloza, qogʻoz, etil spirti va b. ishlab chiqarishda xomashyo, shuningdek, yoqilgʻi sifatida ishlatiladi (q. [[Yogʻoch materiallar]], [[Yogʻoch plastikalar]], [[Yogʻoch plitalar]]).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Yogʻoch''' — daraxtning poʻstlogʻi ostidagi qattiq qismi. Botanika nuqtai nazaridan tabiiy selluloza tolalari birikmalari joylashtirilgan [[lignin]] matritsasidan tashkil topgan organik modda. Tirik daraxt tanasida yogʻoch tayanch vazifasini oʻtab, tashqi xavf-xatardan (masalan, yiqitilishdan) saqlaydi. Shuningdek u tomirdan shox va barglarga suv yetkazib berish vazifasini ham oʻtaydi.