Liberalizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
New page: thumb|200px|''[[Xalqni yo'llatuvchi erkinlik'', Ejen Deklarua, 1830, Luvr]] '''Liberalizm''' ({{lang-fr|libéralis...
(Farq yoʻq)

23-Dekabr 2007, 14:18 dagi koʻrinishi

Liberalizm (fransuzcha: libéralisme) — odamlarning o'zini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisidiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya.

Xalqni yo'llatuvchi erkinlik, Ejen Deklarua, 1830, Luvr

Liberalizmning asosiy printsiplari

Mukammal liberal jamiyat har kim uchun erkin harakat qiluvchi, muxim siyosiy ma'lumotlar bilan erkin almashuvchi, davlat va din hokimiyatini cheklovchi, qonun ustivorligini ta'minlovchi, shaxsiy mulk va erkin tadbirkorlik mavjud jamiyatdir. Liberalizm jamiyat, davlat, hayot tarzi uchun asos bo'lgan ko'pgina eski dunyoqarashlarni bekor qildi. Jumladan, hukmdorlarning iloxiy huquqlari va dinning yagona bilim manbai kabi holatlardan voz kechildi. Liberalizm fundamental printsiplari quyidagilarni o'z ichiga oladi: har kim uchun yashash, shaxsiy erkinlik va mulk egaligi xuquqi; qonun oldida hammaning tengligi; erkin bozor iqtisodiyoti; erkin va rost saylovda tanlanuvchi hukumat; davlat boshqaruvining oydinligi. Shu bilan birga hukumatning asosiy funktsiyasi ushbu holatlarni ta'minlashdan iboratdir. Zamonaviy ko'rinishda liberalizm kamchilikning xuquqlarini himoya qiluvchi, plyuralizm va demokratik boshqaruvga asoslangan ochiq jamiyatni ko'zda tutadi. Ba'zi zamonaviy nuqtai nazarlarda davlat boshqaruvini kengaytirish mumkin deb qaraladi. Buning sababi fuqarolarning o'z imkoniyatlarida tengligini, ma'lumot olishi va foyda ko'rishidagi farqni qisqartirishni ta'minlashdan iboratdir. Bunday qarash tarafdorlari davlat o'z majburiyatlarini bajarishida barchaning muvaffaqiyatini ta'minlashi lozimligini ko'rsatishadi. Jumladan ishsizlarga yordam berish, boshpanasizlar uchun joy berish va tekin tibbiy xizmat ko'rsatish davlat majburiyatlaridan biridir.