Liberalizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
New page: thumb|200px|''[[Xalqni yo'llatuvchi erkinlik'', Ejen Deklarua, 1830, Luvr]] '''Liberalizm''' ({{lang-fr|libéralis...
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
 
==Liberalizmning asosiy printsiplari==
Mukammal liberal jamiyat bu har kim uchun erkin harakat qiluvchiqilish, muxim siyosiy ma'lumotlar bilan erkin almashuvchi, [[davlat]] va [[din]] hokimiyatini cheklovchi, [[qonun]] ustivorligini ta'minlovchi, [[shaxsiy mulk]] va erkin [[tadbirkorlik]] mavjud [[jamiyatdir]]. Liberalizm jamiyat, davlat, hayot tarzi uchun asos bo'lgan ko'pgina eski dunyoqarashlarni bekor qildi. Jumladan, [[hukmdor]]larning iloxiy huquqlari va [[din]]ning yagona bilim manbai kabi holatlardan voz kechildi. Liberalizm fundamental printsiplari quyidagilarni o'z ichiga oladi: har kim uchun yashash, shaxsiy erkinlik va mulk egaligi xuquqi; qonun oldida hammaning tengligi; erkin [[bozor iqtisodiyoti]]; erkin va rost saylovda tanlanuvchi hukumat; davlat boshqaruvining oydinligi. Shu bilan birga hukumatning asosiy funktsiyasi ushbu holatlarni ta'minlashdan iboratdir. Zamonaviy ko'rinishda liberalizm kamchilikning xuquqlarini himoya qiluvchi, [[plyuralizm]] va [[Demokratiya|demokratik]] boshqaruvga asoslangan [[ochiq jamiyat]]ni ko'zda tutadi.
Ba'zi zamonaviy nuqtai nazarlarda davlat boshqaruvini kengaytirish mumkin deb qaraladi. Buning sababi [[fuqaro]]larning o'z imkoniyatlarida tengligini, ma'lumot olishi va foyda ko'rishidagi farqni qisqartirishni ta'minlashdan iboratdir. Bunday qarash tarafdorlari davlat o'z majburiyatlarini bajarishida barchaning muvaffaqiyatini ta'minlashi lozimligini ko'rsatishadi. Jumladan [[Ishsizlik|ishsizlarga]] yordam berish, boshpanasizlar uchun joy berish va tekin tibbiy xizmat ko'rsatish davlat majburiyatlaridan biridir.
 
Liberallarning qarashlariga binoan hukumat o'z qaramog'idagi insonlarning qiziqishlarini ko'zda tutib faoliyat ko'rsatishi lozim, davlatning siyosiy boshqaruvi ko'pchilikning roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Hozirda liberallarning talablariga eng yaqin davlat boshqaruv tizimi [[liberal demokratiya]]dir.
 
==Ko'rib chiqish==
===Etimologiya va tarixiy ishlatilishi===
"Liberal" so'zi {{lang-la|liber}} ("erkin") degan so'zdan kelib chiqadi. [[Tit Liviy]] "Rim shaxri asoslanishi vaqtidan tarixi" kitobida [[plebey]]lar va [[patritsiy]]lar orasidagi sinflararo erkinlik kurashini eslatib o'tadi. [[Mark Avreliy Antonin|Mark Avreliy]] o'zining "Fikr yuritishlarida" "barcha uchun teng qonun qabul qilingan, barchaning tengligi tan olingan va so'z erkinligi mavjud davlat; shuningdek avvalambor o'z qo'l ostidagi xalq erkinligini qadrlovchi mamlakat" haqida so'z olib boradi.
 
 
 
 
 
[[ar:ليبرالية]]