Liberalizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 11:
==Ko'rib chiqish==
===Etimologiya va tarixiy ishlatilishi===
"Liberal" so'zi {{lang-la|liber}} ("erkin") degan so'zdan kelib chiqadi. [[Tit Liviy]] "Rim shaxri asoslanishi vaqtidan tarixi" kitobida [[plebey]]lar va [[patritsiy]]lar orasidagi sinflararo erkinlik uchun kurashni eslatib o'tadi. [[Mark Avreliy Antonin|Mark Avreliy]] o'zining "Fikr yuritishlarida" "barcha uchun teng qonun qabul qilingan, barchaning tengligi tan olingan va so'z erkinligi mavjud davlat; shuningdek, avvalambor o'z qo'l ostidagi xalq erkinligini qadrlovchi mamlakat" haqida so'z olib boradi. [[Italiya]]da [[renessans]] davrida ushbu kurash mustaqil shaxar-davlatlar va [[Rim Papasi]] orasida ko'tarila boshladi. [[Nikolo Makiavelli]] "Tit Liviyning birinchi dekadasi haqida o'ylar" asarida [[respublika]]ncha boshqaruv printsiplarini ta'riflaydi. [[Angliya]]da [[Jon Lokk]] va [[Frantsiya]]da ma'lumot targ'ibotchilari erkinlik uchun kurashni [[inson xuquqlari]] tushuncha asosida ta'riflashdi.
[[Tasvir:Grand sceau de la République Française image001.gif|thumb|left|200px|Frantsiya respublikasi davlat muxri. Boshdan yo'g'uvchi nur qadimgi yunon [[xudo]]si [[Gelios]]dan olingan.]]
[[AQSH mustaqilligi uchun urush]] natijasida liberal davlat haqidagi qarashlarga tayangan dastlabki konstitutsiya ishlab chiqildi. Bunda ayniqsa davlat boshqarivi doim boshqariluvchilar roziligi bilan amalga oshirilishiga urg'u berildi. Frantsiya [[burjuaziya]]si ham [[buyuk frantsuz revolyutsiyasi]] vaqtida liberal printsiplarga tayanuvchi hukumat yaratishga harakat qildi. "Liberal" so'zini siyosiy yo'nalish tarafdorlariga nisbatan dastlab [[absolyutizm]]ga qarshi bo'lgan [[1812]] y. [[Ispaniya]] konstitutsiyasi mualliflari ishlatgan bo'lishi kerak. [[XVIII asr]]dan boshlab liberalizm deyarli barcha rivojlangan davaltlarda asosiy [[ideologiya]]ga aylandi.
Liberal fikrlarni amalga oshirishda dastlabki harakatlar qisman natija berardi, ba'zida umuman qarama-qarshi holatlarga olib kelardi ([[diktatura]]larning paydo bo'lishi). Tenglik va erkinlik shiorlaridan [[avantyrist]]lar foydalanishardi. Liberalizmni turlicha talqin qiluvchilar orasida jiddiy baxslar yuzaga kelardi. [[Urush]]lar, [[revolyutsiya]]lar, [[iqtisodiy inqiroz]]lar ideallarga ishonchni yo'qotardi. Shu kabi sabablar tufayli "liberalism" turli davrlarda turlicha talqin qilinadi. Vaqt o'tishi bilan barcha qarashlar tartiblashtirildi va natijada eng keng tarqalgan davlat boshqaruv tizimlaridan biri - [[liberal demokratiya]] yuzaga keldi.
 
=== Liberalizm shakllari ===
 
[[ar:ليبرالية]]