Liberalizm — versiyalar orasidagi farq

1 198 bytes added ,  12 yil oldin
qisqa izoh tahrirlanmadi
 
==Liberalizmning asosiy printsiplari==
Mukammal liberal jamiyat bu har kim uchun erkin harakat qilish imkoniyatini beruvchi, muxim siyosiy ma'lumotlar bilan erkin almashuvchi, [[davlat]] va [[din]] hokimiyatini cheklovchi, [[qonun]] ustivorligini ta'minlovchi, [[shaxsiy mulk]] va erkin [[tadbirkorlik]] mavjud [[jamiyatdir]]. Liberalizm jamiyat, davlat, hayot tarzi uchun asos bo'lgan ko'pgina eski dunyoqarashlarni bekor qildi. Jumladan, [[hukmdor]]larning iloxiy huquqlari va [[din]]ning yagona bilim manbai kabi holatlardan voz kechildi. Liberalizm fundamental printsiplari quyidagilarni o'z ichiga oladi: har kim uchun yashash, shaxsiy erkinlik va mulk egaligi xuquqi; qonun oldida hammaning tengligi; erkin [[bozor iqtisodiyoti]]; erkin va rost saylovda tanlanuvchi hukumat; davlat boshqaruvining oydinligi. Shu bilan birga hukumatning asosiy funktsiyasi ushbu holatlarni ta'minlashdan iboratdir. Zamonaviy ko'rinishda liberalizm kamchilikning xuquqlarini himoya qiluvchi, [[plyuralizm]] va [[Demokratiya|demokratik]] boshqaruvga asoslangan [[ochiq jamiyat]]ni ko'zda tutadi.
Ba'zi zamonaviy nuqtai nazarlarda davlat boshqaruvini kengaytirish mumkin deb qaraladi. Buning sababi [[fuqaro]]larning o'z imkoniyatlarida tengligini, ma'lumot olishi va foyda ko'rishidagi farqni qisqartirishni ta'minlashdan iboratdir. Bunday qarash tarafdorlari davlat o'z majburiyatlarini bajarishida barchaning muvaffaqiyatini ta'minlashi lozimligini ko'rsatishadi. Jumladan [[Ishsizlik|ishsizlarga]] yordam berish, boshpanasizlar uchun joy berish va tekin tibbiy xizmat ko'rsatish davlat majburiyatlaridan biridir.
 
 
=== Liberalizm shakllari ===
Dastlab liberalizm barcha xuquqlar jismoniy va yuridik shaxslar qo'lida bo'lishi kerak, davlat esa shu xuquqlarni himoya qilish uchun mavjud bo'lishi lozim degan xolatdan kelib chiqardi ([[klassik liberalizm]]). Zamonaviy liberalizm klassik talqin chegaralarini ancha kengaytirdi va xozirda ko'pgina oqimlarni o'z ichiga oladi. Bu oqimlar orasida qarama-qarshiliklar va xatto to'qnashuvlar mavjud. Bu oqimlar, jumladan "[[Inson xuquqlari deklaratsiyasi]]da" ko'rsatib o'tilgan. Atamalarni aniqlashtirish maqsadida ushbu maqolada "siyosiy liberalizm" - demokratiya uchun va [[absolyutizm]] yoki [[avtoritarizm]]ga qarshi kurash; "iqtisodiy liberalizm" - shaxsiy mulk egaligi uchun va davlat boshqaruviga qarshi harakat; "madaniy liberalizm" - shaxs erkinligini himoya qilish va unga [[vatanparvarlik]] yoki diniy dunyoqarash tomonidan hiyonat qilmaslik; "ijtimoiy liberalizm" - imkoniyatlarning tengligi va iqtisodiy ekspluatatsiya qarshi. Zamonaviy liberalizm rivojlangan davlatlarda barcha liberalizm shakllarini qo'shilishidan iboratdir. [[Uchinchi dunyo davlatlari]] orasida asosan sog'lom yashash muxiti va [[kolonializm]]ga qarshi "og'alik liberalizmi" keng tarqalgan.
 
 
 
[[ar:ليبرالية]]
113

ta tahrir