Liberalizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 17:
 
=== Liberalizm shakllari ===
Dastlab liberalizm barcha xuquqlar jismoniy va yuridik shaxslar qo'lida bo'lishi kerak, davlat esa shu xuquqlarni himoya qilish uchun mavjud bo'lishi lozim degan xolatdan kelib chiqardi ([[klassik liberalizm]]). Zamonaviy liberalizm klassik talqin chegaralarini ancha kengaytirdi va xozirda ko'pgina oqimlarni o'z ichiga oladi. Bu oqimlar orasida qarama-qarshiliklar va xatto to'qnashuvlar mavjud. Bu oqimlar, jumladan "[[Inson xuquqlari deklaratsiyasi]]da" ko'rsatib o'tilgan. Atamalarni aniqlashtirish maqsadida ushbu maqolada "siyosiy liberalizm" - demokratiya uchun va [[absolyutizm]] yoki [[avtoritarizm]]ga qarshi kurash; "iqtisodiy liberalizm" - shaxsiy mulk egaligi uchun va davlat boshqaruviga qarshi harakat; "madaniy liberalizm" - shaxs erkinligini himoya qilish va unga [[vatanparvarlik]] yoki diniy dunyoqarash tomonidan hiyonat qilmaslik; "ijtimoiy liberalizm" - imkoniyatlarning tengligi va iqtisodiy ekspluatatsiya qarshi ma'nolarida ishlatiladi. Zamonaviy liberalizm rivojlangan davlatlarda barcha liberalizm shakllarini qo'shilishidan iboratdir. [[Uchinchi dunyo davlatlari]] orasida asosan sog'lom yashash muxiti va [[kolonializm]]ga qarshi "og'alik liberalizmi" keng tarqalgan.
 
==== Siyosiy liberalizm ====
Siyosiy liberalizm - aloxida shaxslar qonun va jamiyat asosi xisoblanadi, [[ijtimoiy institutlar]] individuumlarni real hokimiyat bilan ta'minlash uchun mavjud deb ta'kidlovchi qarash. Angliyaning ''[[Buyuk erkinlik xartiyasi]]'' ([[1215]] y.) ba'zi shaxs xuquqlarining [[monarx]]dan kengroq doirada qo'llanilishi namunasidir. Bunda asosiy xolat [[ijtimoiy shartnoma]]dan iboratdir. Unga binoan, fuqarolar o'zlari qonun yaratishadi va o'zlari shu qonunga bo'y sunishadi. [[Qonun ustuvorligi]]ga aloxida urg'u beriladi. Zamonaviy liberalizm, shuningdek, jinsi, ijimoiy kelib chiqishi, millati, e'tiqodi vaxokazolardan qat'iy nazar ovoz berish xuquqini o'z ichiga oladi.