Jismlarning erkin tushishi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

29-Mart 2013, 09:55 dagi koʻrinishi

Jismlarning erkin tushishi — Yerning tortish kuchi maydonida jismlarning nolga teng boshlangʻich tezlikda harakatlanishi. J. e. t. tezligi v Yer markazigacha boʻlgan masofaga va muhit (havo, suv)ning qarshilik kuchiga bogʻliq. Agar havoning qarshiligi hisobga olinmasa, jism uncha baland boʻlmagan joydan tushganda tezlik v= yj2gh ga teng boʻladi (bunda g — erkin tushish tezlanishi; u oʻrtacha 9,8 m/s2 ga teng; h — jismlarning tushish balandligi; bu balandlik boshlangʻich vaziyatdan hisoblanadi). Barcha jismlar Yerning ayni bir nuqtasida bir xil tezlanishda Yerga tushadi. Amalda havo qarshiligi ham hisobga olinadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tufayli J. e. t. tezlanishi ekvatorda qutblardagidan kichik boʻladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil