Georgiy Jukov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

29-Mart 2013, 10:21 dagi koʻrinishi

Jukov Georgiy Konstantinovich [1896.19.11 (1.12), Kaluga viloyati, Strelkovka qishlogʻi — 1974.18.6, Moskva] — harbiy arbob, sarkarda. Sobiq Ittifoq marshali (1943), toʻrt marta Ittifoq Qahramoni (1939, 1944, 1945, 1956) Xalxin-Gol daryosi boʻyidagi jangda qatnashgan (1939). Kiyev harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni (1940 y.dan). 1941 y. yanv.—iyudda Bosh shtab boshligʻi — SSSR Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari. J. 2-jahon urushida nemis-fashist bosqinchilarini tor-mor keltirishda muhim rol oʻynagan: Moskva va Leningrad janglari (1941 — 42), Leningrad qamalini yorib oʻtish, Stalingrad va Kursk janglari (1942— 43), Oʻng qirgʻoq Ukrainasidagi hujum, Belorussiya operatsiyasi (1943—44), Visla-Oder va Berlin operatsiyalari (1944—45)da oʻzining mohir sarkarda ekanligini koʻrsatgan. 1942 y. avg .dan urushning oxirigacha Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari, Oliy Bosh qoʻmondon oʻrinbosari. Oliy Bosh qoʻmondon nomidan 1945 y. 8 mayda fashistlar Germakiyasining soʻzsiz taslim boʻlganlik (kapitulyasiya) haqidagi hujjatni qabul qilgan. 1945—46 y.lar Germaniyadagi sovet qoʻshinlari guruhi bosh qoʻmondoni va Sovet harbiy maʼmuriyati boshligʻi. 1946 y. martdan Quruqlikdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni, SSSR Qurolli Kuchlar vaziri oʻrinbosari. Shu yilning oʻzida I. V. Stalin tomonidan ishdan chetlatilgan. 1946 y. iyundan Odessa xarbiy okrugi, 1948 y.dan Ural harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni. 1953 y.dan SSSR mudofaa vaziri 1-oʻrinbosari, 1955 y.dan mudofaa vaziri. 1956—57 y.larda KPSS MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, aʼzosi. 1957 y. okt.dan N. S. Xrushchev koʻrsatmasiga binoan vazifasidan ozod qilingan. 1958 y. Qurolli Kuchlar saflaridan boʻshatilgan.

Manbalar

  • Vospominaniya i razmishleniya, 10-izd., t. 1-3, M., 1990.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil