Jut: Versiyalar orasidagi farq

oʻsimliklar turkumi
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

29-Mart 2013, 10:36 dagi koʻrinishi

Jut (Corchorus), Kalkutta kanopi — joʻkadoshlar oilasiga mansub lub tolali bir yillik oʻsimlik, tola olinadigan ekin. Vatani — Hindiston. Osiyo, Afrika, Jan. Amerika va Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida oʻsadigan 100 ga yaqin turi bor. Asosan Osiyo mamlakatlarida tolasi uchun bir yillik 2 turi — choʻziq mevali J. (S. olitorius) va yirik meva-li J. (S. capsularus) ekiladi. Oʻzbekis-tonda 20-a.ning 30-y.

laridan choʻziq mevalisi oʻstiriladi.

Poyasi toʻgʻri oʻsadi, yashil rangda, boʻyi 2,5—3,5 m; uchki qismi shoxlanib, uch-toʻrtta meva shoxcha hosil qiladi. Ildizi oʻq ildiz, shoxlangan, yerga 1 — 1,5 m gacha kirib boradi. Barglari ketma-ket joylashgan, uzun bandli, nash-tarsimon, arra tishli. Guli mayda, ikki jinsli, sariq. Mevasi qovurgʻali koʻsakcha, choʻziq, 5—10 sm, yirik mevalisiniki 1—2 sm. Urugʻi mayda, uch qirrali, toʻq yashil, sargʻish-jigarrang yoki toʻq jigarrang , 1000 donasining vazni 1,5—2 g . Urugʻida 14% gacha moy bor. Tolasi uz. 2—3 m. J. oʻzidan changlanuvchi namsevar, yorugʻsevar, issiqsevar, sovuqqa chidamsiz oʻsimlik. Urugʻi 16—18° da normal unib chiqadi. Vegetatsiya davri 140—160 kun. J. kanopta Karaganda, ayniqsa oʻsish davrida, suvga juda talabchan. Sur, oʻtloqi va oʻtloqi-botqoqi tuproqlarda yaxshi usadi, shoʻrga chidamsiz.

J. tolasi yetishtirish hajmi dunyoda ishlab chiqariladigan oʻsimlik tolalari ichida paxta tolasidan keyin 2-oʻrinda turadi. J.ning quruq poyasi (poʻstlogʻi)dan 20—25% yuqori gigroskopik pishiq tola chiqadi. J. tolasidan toʻqimachilik mahsulotlari, gilamlar, qop, arqon, texnik va oʻrov gazmollari, jun, paxta tolalari b-n aralash tolalaridan kiyim-kechak gazmollari tayyorlanadi. Hindistonda J. bargi ovqatga ishlatiladi. J. urugʻidan moy, yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolashda ishlatiladigan glikozidlar olinadi.

Almashlab ekishda beda, dukkaklidon ekinlaridan keyin 28—30 sm chuqurliqsa kuzgi shudgor qilingan maydonlarga ekiladi. Oʻgʻitlash normasi: 10—20 t/ga goʻng , 90—120 kg/ga azot va R2O5, 60—90 kg/ga K2O. Tola olish uchun qoʻsh qatorlab 60x12—13, 50x20 sm sxemada ekiladi. Urugʻ 3—4 sm chuqurlikka koʻmiladi. Gektariga tola uchun 12—14, urugʻ olish uchun 6 kg urugʻlik sarflanadi. Vegetatsiya davomida 5—8 marta sugʻoriladi, qator oralari yumshatiladi, oʻtoq qilinadi, oziqlantiriladi, sugʻorish normasi 5000—7000 m3/ga. Texnik jihatdan yetilgan, 50% oʻsimlikda 1—2 koʻsakcha hosil boʻlganda tola uchun oʻriladi, maxsus mashinalarda poʻstlogʻi ajratib olinib, dalada quritiladi va lub (kanop) z-dlariga topshiriladi.

Hosildorligi 90—100 s/ga (quruq poya hisobida), 10—14 s/ga tola, 3—6 s/ga urugʻ. MDH davlatlarida faqat Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida (50y.larda qisman Tojikiston va Turkmanistonda ekilgan) yetishtiriladi (respublikada 90-y.larda J. ekin maydoni 1000 ga atrofida).

Navlari. Oʻrta Osiyoda ekish uchun Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiyishlab chiqarish Markazining Lub ekinlari tajriba st-yasida chiqarilgan Oʻzbekiston va Oʻzbekiston 53 navlari r-nlashtirilgan.

J. ildiz chirish kasalligi va kuzgi tunlamdan zararlanadi.

Adabiyot

  • Ioffer R. F., Kapralova N.P., Agrotexnika djuta, M., 1951; Nazirov X. N., Biologicheskiye osobennosti rosta i razvitiya djuta v O'zbekistane, T., 1966.

Halima Otaboyeva.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil