Juft tuyoqlilar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

29-Mart 2013, 10:37 dagi koʻrinishi

Juft tuyoqlilar (Artiodactyla) -sut emizuvchilar sinfining turkumi. Quyi eotsendan maʼlum. Oyoqlari oʻqi kuchli rivojlangan boʻlib, 3- va 4-barmoqlari oʻrtasidan oʻtadi. 2- va 3-barmoklari kucheiz rivojlangan, 1-barmogi boʻlmaydi. Oyoqlarining sagittal qismidan bukilishi va yozilishi tufayli harakat qiladi, oʻmrov suyagi yoʻq. 2 kenja turkum: kavshavchi va kavshamaydigan kenja turkumga boʻlinadi. Hoz. zamon faunasida 150 ga yaqin turi maʼlum. Keng tarkalgan, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga introduksiya qilingan. Oʻzbekistonda 8 turi maʼlum. Oʻsimlikxoʻr, baʼzan hammaxoʻr (toʻngʻiz). Bir qancha turlari (echki, qoʻy, sigir) xonakilashtirilgan. Koʻpchilik yovvoyi turlarining soni kamayib ketmoqda. Bir qancha turlari (jayran, arhar, togʻ echkisi) Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil