Liberalizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 20:
 
==== Siyosiy liberalizm ====
Siyosiy liberalizm - aloxida shaxslar qonun va jamiyat asosi xisoblanadi, [[ijtimoiy institutlar]] individuumlarni real hokimiyat bilan ta'minlash uchun mavjud deb ta'kidlovchi qarash. Angliyaning ''[[Buyuk erkinlik xartiyasi]]'' ([[1215]] y.) ba'zi shaxs xuquqlarining [[monarx]]dan kengroq doirada qo'llanilishi namunasidir. Bunda asosiy xolat [[ijtimoiy shartnoma]]dan iboratdir. Unga binoan, fuqarolar o'zlari qonun yaratishadi va o'zlari shu qonunga bo'y sunishadi. [[Qonun ustuvorligi]]ga aloxida urg'u beriladi. Zamonaviy liberalizm, shuningdek, jinsi, ijimoiy kelib chiqishi, millati, e'tiqodi vaxokazolardanva xokazolardan qat'iy nazar ovoz berish xuquqini o'z ichiga oladi.
 
==== Iqtisodiy liberalizm ====
Iqtisodiy yoki klassik liberalizm mulk egaligi xuquqi va shartnoma erkinligini himoya qiladi. Bu liberalizm shaklining shiori "erkin xususiy korxonadir". Davlatni aralashmaslik printsipiga ([[laissez-faire]]) asoslangan [[kapitalizm]] muqobil deb bilinadi, bunda davlat [[subsidiya]]si va savdo uchun yuridik cheklanuvlarni bekor qilish ko'zda tutiladi. Iqtisodiy liberallar bozor davlat boshqaruviga muxtoj emas deb ta'kidlashadi. Ularning ba'zilari davlat [[monopoliya]] va [[kartel]]larni nazorat qilishi mumkin desa, boshqalar monopoliyalar aynan davlat faoliyati tufayli yuzaga keladi deyishadi. Iqtisodiy liberalizm tovar va xizmatlar narxi individuumlarning erkin tanlovi, ya'ni bozor kuchlari bilan shakllanishi lozim deb ta'kidlashadi. Ba'zilar bozor kuchlarini xavfsizlik yoki [[sud tizimi]] kabi ananaviy davlat faoliyati doirasiga ham ta'sir o'tkazishiga yo'l qo'yishadi. Iqtisodiy liberalizm, shartnomalar tuzishda yuzaga keladigan iqtisodiy tengsizlikni, raqobatning tabiiy natijasi deb qaraydi. Xozirda liberalizmning bu shakli [[libertianlik]]da yaqqol namoyon bo'lgan. Boshqa ko'rinishlari [[minarxizm]] va [[anarxo-kapitalizm]]dir. (Qarang: [[neoliberalizm]],[[liberalizatsiya]]).
 
==== Madaniy liberalizm ====