Liberalizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 23:
 
==== Iqtisodiy liberalizm ====
Iqtisodiy yoki klassik liberalizm mulk egaligi xuquqi va shartnoma erkinligini himoya qiladi. Bu liberalizm shaklining shiori "erkin xususiy korxonadir". Davlatni aralashmaslik printsipiga ([[laissez-faire]]) asoslangan [[kapitalizm]] muqobil deb bilinadi, bunda davlat [[subsidiya]]si va savdo uchun yuridik cheklanuvlarni bekor qilish ko'zda tutiladi. Iqtisodiy liberallar bozor davlat boshqaruviga muxtoj emas deb ta'kidlashadi. Ularning ba'zilari davlat [[monopoliya]] va [[kartel]]larni nazorat qilishi mumkin desa, boshqalar monopoliyalar aynan davlat faoliyati tufayli yuzaga keladi deyishadi. Iqtisodiy liberalizm tovar va xizmatlar narxi individuumlarning erkin tanlovi, ya'ni bozor kuchlari bilan shakllanishi lozim deb ta'kidlashadi. Ba'zilar bozor kuchlarini xavfsizlik yoki [[sud tizimi]] kabi ananaviy davlat faoliyati doirasiga ham ta'sir o'tkazishiga yo'l qo'yishadi. Iqtisodiy liberalizm, shartnomalar tuzishda yuzaga keladigan iqtisodiy tengsizlikni, raqobatning tabiiy natijasi deb qaraydi. Xozirda liberalizmning bu shakli [[libertianlik]]da yaqqol namoyon bo'lgan. Boshqa ko'rinishlari [[minarxizm]] va [[anarxo-kapitalizm]]dir. (Qarang: [[neoliberalizm]], [[liberalizatsiya]]).
 
==== Madaniy liberalizm ====
Madaniy liberalizm e'tiborini dastlab ong va xayot tarziga oid shaxs erkinligiga qaratadi; jins, e'tiqod, akademik erkinlik, davlatni shaxsiy ishga aralashishidan homoyalash kabi muammolarni o'z ichiga oladi. [[Jon Styuart Mill]] o'zining "Erkinlik haqida" essesida quyidagini ta'lidlaydi: "Odamalrning mustaqil yoki guruxda bo'lib boshqalarni faoliyatiga aralashishining yagona maqsadi - o'z-o'zini himoya qilishdir. Sivilizatsiyalashgan jamiyat a'zosi ustidan hukm o'tkazish faqat boshqalarga ziyon yetkazmaslik maqsadidagina amalga oshirilishi mumkin". Madaniy liberalizm u yoki bu darajada davlatning [[adabiyot]] va [[san'at]], ilmiy guruxlar faoliyati, [[qimor o'yinlar]], [[foxishabozlik]], jinsiy aloqaga kirish yoshi, [[abort]], [[Kontratseptsiya|kontratseptiv]] vositalardan foydalanish, [[evtanaziya]], alkogol ichimliklar va giyohvand vositalar qabul qilish kabi soxalarni boshqarishiga e'tiroz qilishadi. Xozirgi kunda [[Niderlandiya]] madaniy liberalizm eng yuqori darajasida bo'lgan davlat bo'lishi kerak.
 
==== Ijtimoiy liberalizm ====
 
 
[[ar:ليبرالية]]