Liberalizm — versiyalar orasidagi farq

1 413 bytes added ,  12 yil oldin
 
[[Tasvir:Logo_Liberal_International.gif|frame|left|Xalqaro liberal partiyalar federatsiyasi bo'lgan «Liberal internatsional» belgisi]]
Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm orasida fundamental qarama-qarshilik mavjud. Iqtisodiy liberallar pozitiv xuquqlar negativ xuquqlarni buzilishiga olib keladi va, demak, ularga yo'l qo'yish mumkin emas deb xisoblashadi. Ular davlat funktsiyalarini asosan xavfsizlik, mudofa va sud hokimiyati bilan cheklangan deb ko'rishadi. Ijtimoiy liberallar esa davlatning asosiy funktsiyasi ijtimoiy ximoyadan iborat va o'z ichiga quyidagilarni oladi deyishadi: nochorlarni oziq-ovqat va boshpana bilan ta'minlash, tibbiy yordam, o'rta ta'lim, nafaqa bilan ta'minlash, jinoyatchilikni oldini olish, bolalar, nogironlar va keksalarga qarash, tabiiy ofat qurbonlariga yordam berish, kamchilikni ximoya qilish, fan va san'atni ximoya qilish. Bunday uslub hukumatga keng cheklanishlar qo'yish imkoniyatini yo'qotadi. Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm, garchi shaxsiy erkinlkka erishish bo'lgan yagona maqsadga intilsada, lekin uni amalga oshirish vositalarida tubdan farq qiladi. O'ng va konservativ oqimlar iqtisodiy liberalizmga tayanib, madanaiy liberalizmga inkor qilishadi. Chap oqimlar, asosan, madaniy va ijtimoiy liberalizmga urg'u berishadi.
Ba'zi tadqiqotchilar pozitiv va negativ xuquqlarni qarama-qarshi qo'yish sun'iy va noo'rin deb ko'rsatishadi, chunki "negativ" xuquqlarni ta'minlash o'z navbatida jamiyatdan manbalar talab qiladi (masalan, mulk egaligi xuquqini ta'minlash uchun yuridik apparatdan foydalanish).
 
==== Og'alik liberalizmi ====
113

ta tahrir