Ibrohim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k ishoratlar -> havolalar, kategoriya -> turkum
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
Ibrohim A.S. payg'ambar
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ibrohim''' — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Allohning chin doʻsti (xalilullox,), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi b-n maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Avvaliga yulduz, oy, quyoshga sigʻinmoqchi boʻlgan, keyin yolgʻiz Allohga ibodat qila boshlagan. Otasi Ozor va qavmlarni ham ana shunga daʼvat qilgan. Ular 6-n bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻladilar. Ammo u Alloh irodasi b-n olovdan sogʻ-salomat chiqqanligi Qurʼ-onda bayon qilingan.
 
Qurʼonda yozilishicha, Alloh I. ga qariganda ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Ishrq (as) lardir. Ismoil (as) Muhammad (sav)ning katta bobosi, Ishrq esa, Iso (as) va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosidir. Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi) ning bunyod boʻlishi, islom arkonlarining 5farzi — haj qilish I.ga borib taqaladi. Kaʼbadagi "I. joyi" ("I. maqomi") musulmonlar ziyoratgoqidir. Diniy adabiyot yagona xudoga eʼtiqod qilish, qurbonlik uchun odam oʻrniga jonivor soʻyish, xatna qilishni I. (as) nomi b-n bogʻlaydi.
 
Manbalarda I.ning 175 y. umr kurganligi, oʻgʻillari uni Madinatul Xalil (Xevron, Falastin) ga dafn etganligi yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[[Turkum:Paygʻambarlar]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}