Ijtimoiy guruhlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

29-Mart 2013, 15:49 dagi koʻrinishi

Ijtimoiy guruhlar - muntazam ravishda bir-birlari b-n oʻzaro muno-sabatga kirishadigan shaxslar guruhi. Turli sinflar, qatlamlar muhim I. g . hisoblanadi. Kasbga oid, diniy, et-nik, turli demografik guruhlar (nuroniylar, ayollar, yoshlar va h. k.) ham I. g . ga kiradi, chunki ularning jami-yatdagi mavqei hukmron ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar b-n bogʻliqdir. Bir xil faoliyat b-n shugʻullanuvchi, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oʻxshash, maqsad va qadriyatlari umumiy boʻlgan kishilar ham alohida I.g . ni tashkil etadi. I. g . katta va kichik (soni boʻyicha), boshlangʻich (guruh aʼzolarining bevosita shaxsiy aloqalari va munosabatlariga asoslangan) va ikkilamchi (guruh aʼzolari oʻrtasida bevosita shaxsiy aloqalar boʻlmagan), rasmiy (tadqiqotchi tomonidan muayyan belgi asosida tashkil qilingan) va norasmiy (obʼyektiv holda mavjud) guruxlarga boʻlinadi. I. g . ning hajmi, shakli, xususiyatidan qatʼi nazar, ularning muhim belgisi — aʼzolarning bir umumiy guruhga mansub ekanliklarini anglashidir. Odamlar uz hayotining koʻp qismini guruhlardagi muloqotlarda oʻtkazadi. Hoz. jamiyatdagi odamlarning aksariyati koʻpdan-koʻp turli guruxlarga mansubdir.

Mansur Bekmurodov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil