Izomorfizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Izomorfizm (maʼnolari)}}
'''Izomorfizm''' (izo... va yun. morphe — shakl) — kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bir-biriga yaqin jinslarning oʻzgaruvchan tarkibli birikmalar (aralash kristallar) hosil qilish qobiliyati. I. hodisasini birinchi marta 1819 y. nemis kimyogari E. Mitcherlix aniqlagan vatermin sifatida taklif qilgan. I. tabiiy mineral va kristallarda keng tarqalgan boʻlib, yer poʻstining turli termodinamik zonalarida uchraydi. Elementlarning oʻzaro izomorf aralashma hosil qilishi ular atom radi-usining kattaligi, kristallokimyoviy xususiyatlari (koordinatsiya soni, va-lentligi, strukturasi, kristallanish sistemasi) va tabiiy termodinamik sharoitlar (t-ra, bosim, paydo boʻlgan chuqurligi va joyi)ga bogʻliq. Tekshirishlar natijasida izovalentli (bir xil valentli) va geterovalentli (har xil valentli) I.lar borligi aniqlangan. Izovalentli I. uchun olivin mi-nerali tarkibidagi oksidlanish dara-jasi teng boʻlgan Mg2+ va Gʻe2+ misol boʻla oladi. Birinchisi forsterit (MgSiO4), ikkinchisi fayalit (FeSiO4) holida cheksiz I. aralashmasi hosil qilishi natijasida olivin minerali paydo boʻladi. Plagioklaz guruxdsagi Sa2+ b-n Na+ kationlarining oʻrin almashishi geterovalentli I.dir. Bunda oksidlanish darajasi +1 ga teng boʻlgan Na+ kationi oksidlanish darajasi +2 ga teng boʻlgan Sa2+ kationi b-n oʻrin almashadi. I. aralashmalari cheksiz va cheklangan boʻladi. Cheklangan I.da elementlar oʻzaro maʼlum mikdordagina aralashma hosil qila oladi. I. hodi-sasidan mineral, kristall va rudalar tarkibidagi elementlarning qanday hrlatda joylashganligini, shuningdek, sintez usulida olingan, zamonaviy texnikada qoʻllaniladigan yarim oʻtkazgichlar, ferromagnetiklar, pye-zo- va segnetoelektriklar, lyumino-forlar, lazer materiallari va b.ning foydali xossalarini aniqlashda foydalaniladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>