Imomi Aʼzam: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k CoderSI moved page Imomi aʼzam to Imomi Aʼzam over redirect
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Imomi aʼzamAʼzam''', Abu Hanifa Noʻʼmon ibn Sobit al-Koʻfiy (699, Koʻfa — 767, Bagʻdod) — hanafiylik mazhabi asoschisi. Ilohiyotchi, faqih, muhaddis. "Abu Hanifa" uning kunyasi, "Imomi Aʼzam" ("Ulugʻ imom") ulugʻligining eʼtirofi oʻlaroq berilgan unvon. Asli fors boʻlib, oʻziga toʻq, zodagon oiladan. Olim va fozil insonlar orasida voyaga yetdi. Otasidan qolgan katta boylikni ilm yoʻlida sarf etdi. Yoshlikdan Qurʼonni yod oldi. Kalom ilmi va mantiqni oʻrgandi. 22 yoshida iroqlik ilohiyotchi Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushib uning taʼlimini oldi. Keyin Kufa va Basraning eng obroʻli faqihi boʻlib yetishdi va oʻzi shogirdlar tarbiyaladi. Kamtar, mehribon, taqvodor inson sifatida hurmat qozondi. Uning 55 marta haj qilganligi haqida rivoyat bor.
 
I. A. 747—48 y.larda Iroq hokimi ibn Hubayra taʼqibidan qochib Makkaga ketadi. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib, ulamolik faoliyatini davom ettiradi. Xalifa almansur (754—775) unga yangi poytaxt Bagʻdodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavozimini egallashni taklif qiladi. Biroq I. A. bu taklifni rad etadi. Shunda Mansur uni qamab turli qiynoqlarga solgan, kaltaklatgan. Mansur I. A.ga zahar ichirgan va u zot shu sababdan shahid boʻlgan, degan rivoyat ham bor.
Qator 12:
 
== Adabiyot ==
* Samarqandiy Vasliy, Imomi Aʼzam tarixi, T., 1995;
* Qodirov 3., Imomi Aʼzam, T., 1999.
 
Abduqayum Azimov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>